Ozishga yordam beruvchi Android dasturlar

Chiroyli qomat va tashqi ko'rinishga ega bo'lishga intilish bugungi kunda eng muhim jihatlardan biriga aylanib bormoqda. Ayniqsa bu yo'lda bizga turli mobil dasturlar yordamga kelsa, ish anchagina yengillashadi. Keling, bugungi sharhimizda ana shunday dasturlarning ba'zilari bilan sizni tanishtirib o'tsak.


Dasturlarni bizning nazarimiz bo'yicha TOP-5talikga ajratib chiqtik. Quyidagi dasturlar ozish yo'lida sizga eng katta ko'makchi bo'la olishiga ishonamiz. Demak tanishamiz:

 

1. 30 kunlik Fitnes-plan.

Ozishni istovchilar tomonidan eng ko'p yuklab olinuvchi dasturlardan biri bo'lgan ushbu dastur rus tilida bo'lib, unda oddiy bo'lgan kompleks mashqlar keltirib o'tilgan. Ushbu mashlarni bajarish uchun esa hatto uyingizdan chiqishingiz ham shart emas. Dasturdagi kompleks mashqlar professional fitnes trenelar tomonidan ishlab chiqilgan. Dasturdagi fitnes-planga asosan barcha mashqlarni vaqtida bajarib yursangiz, 1 oy davomida qomatingiz ajoyib holatga kelishi aniq.

 

 

- Dastur mashq natijalarini avtomatik ravishda yozib boradi

- Mashqlar haqida eslatib turadi

- Video darsliklarga ega

- Mashqlar intensivligini oshirib borish mumkin

- Maqtanchoqlar uchun o'z natijalarini sotsial tarmoqlarda bo'lishish imkoni mavjud

Dasturni esa ushbu yo'llanma orqali o'rnatishingiz mumkin.

 

2. Mening ozish bo'yicha murabbiyim

Dastur sizni ozish bo'yicha jiddiy shug'ullanishga undaydi. Bundan tashqari rejalashtirilmagan tanovvul va boshqa odatlardan halos bo'lishga yordam beradi. Bu yo'lda dastur o'zining maslahatlari va virtual rag'batlari bilan shashtingizni ko'tarib boradi. Dastur to'g'ri va rejim asosida ovqatlanishga odatlanishingizga yordam beradi. Kundaligingizga erishgan yutuqlaringizni yozib borishingiz ham mumkin.

 

 

Eng muhimi siz dasturga o'z maqsadingizni to'g'ir kiritsangiz bo'ldi. Qolganini dasturning o'zi barcha vazifa va eslatmalarni yodingizga solish, hamda nazorat bilan kuzatib boradi. Quyida dasturning eng muhim jihatlari bilan o'rtoqlashib o'tamiz:

- Eslatmalar

- Chiroyli qomatga erishish yo'lidagi turli maslahatlar

- Motivatsiyali fotosuratlar, so'z va maqsadlar

- Bajarilgan vazifalar tekshiruvi

- Virtual rag'batlantirish tizimi

Dastur bepul asosda taqdim etilgan. Lekin PRO versiyasi ham mavjud bo'lib, uni faqatgina pulga sotib olish mumkin. PRO versiyada esa quyidagi qo'shimchalar mavjud:

- Diyeta va ovqatlanish rejimini rejalashtirish

- Kaloriyani hisoblash

- Maxsus kalkulyator

- Diyetangiz jurnali

- Vazn nazoratchisi

Dasturni o'rnatish.

 

3. Yog'ni yo'qotish va trenirovka

Yuqoridagi dasturlar kabu kompleks mashlar to'plamiga ega.

 

 

 

Bu dastur ham yuqoridagilardan unchalik farq qilmaydi. Unda ham mashq va rejalarni eslatib turish, motivatsiya tizimi va boshqalar mavjud. Dasturdagi mashqlarning birgina ustunligi, undan ayollar, erkaklardan tashqari, bolalar ham foydalanishlari mumkin.

Dasturni o'rnatish.

 

4. Diyetasiz ozish

Diyetasiz ozish dasturi bilan siz to'g'ri ovqatlanishni o'rganishingiz va shu yo'nalish asosida ozishingizga yordam beradi. Ovqatlanish rejimi, to'g'ri maxsulotlarni tanlash, jismoniy harakatlar bo'yicha turli maslahatlarni o'z ichiga olgan dastur ozish yo'lida haqiqiy yordamchiga aylanadi.

 

 

Dastur imkoniyatlari:

- To'g'ri ovqatlanishni tashkillashtirish

- Jismoniy harakatlar

- Ozish statistikasi nazorati

- Turli foydali maslahatlar

- Motivatsiyalash tizimi

Dasturni o'rnatish.

 

5. Yog' erituvchi

Dastur maqsadi aniq, yog'laringizdan qutilishga yordam berish. Bu yo'lda turli qo'shimchalar yeyishingiz, har-hil diyetalar tutishingiz va sportzalga borishingiz talab qilinmaydi.

 

 

Maqsadingizga yetishishda dastur quyidagilardan foydalanadi:

- Yog'lardan qutilishga ko'makchi virtual trener ishi

- Tabiiy va sifatli ozish bo'yicha turli sifatli metodlar

Dasturni o'rnatish

 

Hurmatli foydalanuvchi, yana qanday yo'nalish asosida TOP dasturlar bilan tanishtirib o'tishimizni istardingiz? Bu haqida izohlarda yozib qoldirishni unutmang.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив