Ko'pincha noutbukingiz bilan ko'proq ish bilan mashg'ul bo'lib, uni quvvatlantirish yodingizdan chiqadi yoki har doim ham yoningizda quvvatlagichni olib yurmaysiz. Aynan shu hollarda noutbukning akkumulyatori uzoqtoq vaqt sizga xizmat qilishi juda ham muhim. Ushbu maslahatimizda Windows 10 o'rnatilgan noutbuklarda qanday qilib avtonom ish faoliyatini bir oz bo'lsada uzaytirishni ko'rsatamiz.
Zaryadni ekonom qilish:
Demak uzun gaplarni qisqa qilib, ishga o'tamiz. Параметры ? Система ? Экономия заряда bo'limiga o'ting (agar siz oddiy Windows 10 ishlatsangiz, ushbu bo'lim bo'lmasligi mumkin).
"Использование батареи" punktida juda ham muhim ma'lumotlar jamlangan. Aynan qaysi dasturlar batareyangiz quvvatini ko'p iste'mol qilayotganini shu yerdan bilishingiz mumkin. Ushbu ma'lumotlar asosida keraksiz dasturlarni o'chirishingiz mumkin.
Bundan tashqari energiya tejash tizimini o'zingizga moslashingiz mumkin. ODatda ushbu funksiya batareyangiz quvvati 20% qolganida ishga tushadi. Lekin bu ko'rsatgichni o'z hohishingizga ko'ra o'zgartirishingiz mumkin. Zaryadni tejash funksiyasi ishga tushgan vaqtda Push xabarlar kelmaydi hamda ekraningiz yorqinligi pasayadi. O'z hohishingizga ko'ra qaysi dasturlardan Push xabarlar kelishda davom etishini ham o'zingizga moslashingiz mumkin.
Ha aytgancha, fon holatida ishlayotgan dasturlarni cheklashni ham tavsiya qilamiz. Har holda bu ham 1-2 daqiqa avtonom ish faoliyatiga bonus.
Simsiz bog'lanish (Wi-Fi):
bundan tashqari tarmoqga oid qurilmalarni ham o'chirish anchagina energiyani tejashga yordam beradi. Maxsus "режим полета" funsiyasini ishga tushirishingiz, barcha simsiz aloqa xizmatlarini faoliyatini to'xtatadi. Agar sizga qaysidur aloqa xizmati (Wi-Fi yoki Bluetooth) kerak bo'lsa, u holda har birini birma-bir o'chirishingiz ham mumkin.
Eng yaxshi va tezkor usuli, bu "В самолете" rejimini ishga tushirib, so'ngra Wi-Fi ni qaytadan aktivlashtirishdir. Shunda aloqada ham qolasiz, ham energiyani ham qisman tejaysiz.
To'g'ri, ushbu yo'l bilan juda ham ko'p energiya tejashingiz mumkin deya olmaymiz. Bundan tashqari energiyani ko'p sarf qiluvchi ranglardan voz kechishingiz kichik effektni hosil qiladi. Bu holda ko'proq qora va shunga yaqin ranglar as qotadi.
O'ylaymizki ushbu kichik maslahatlarimiz sizga albatta qo'l keladi. Agar siz ham energiyani boshqa tejash usullarini bilsangiz, u holda quyida izohlarda yozib qoldiring.
Izohlar