Ma'lumotlarga ko'ra, Samsung kompaniyasi o'zining yangi flagmani bo'lmish Galaxy S8 smartfoni taqdimotini bir oz kechiktirganligi aytilmoqda. Unga ko'ra taqdimot marosimi 29-mart sanasida bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.
Odatda Samsung o'zining yangi flagmanlarini yanvar oyi so'ngida yoki fevral oyida taqdim etar edi. Lekin bu gal bu sana bir oz kechiktirilishiga nima sabab bo'lgani hozircha aniq emas. Taxminlarga ko'ra, bunga sabab qilib Galaxy Note 7 singari shoshqaloqlikdan qochish bo'lishi mumkin. Zero yana bir yangi smartfonning omadsizligi kompaniyani jar yoqasiga olib kelishi aniq.
Eslatib o'tamiz, yangi Galaxy S8 ikki o'lchamda ishlab chiqariladi: 5.7 va 6.2 dyuymli variantlarda. Unda Home tugmasidan butunlay voz kechiladi va optik barmoq izlari skaneri o'rnatiladi. Smartfon Snapdragon 835 yoki Exynos 8895 protsessori bilan o'rnatiladi. Boshlang'ich narxi 850$ bo'lishi kutilmoqda.
Yana bir ma'lumotga ko'ra modelning Galaxy S8 Plus varianti ham sotuvga chiqishi extimoli bor.
Izohlar