Renderlarga ko'ra kompaniya keyingi smartfonini oynali panellar bilan jihozlanishi ma'lum.
O'tgan yilning kuz oyida Google ilk o'zining brendi ostida Pixel va Pixel XL smartfonlarini taqdim etgan edi. Yangi telefonlarga qo'yilgan narxlarning balandligi ko'plab noroziliklarga sabab bo'lgani va ushbu telefonlarning bozori u qadar chaqqon emasligi aniq. Shunga qaramasdan kompaniya o'z smartfonlarining navbatdagi avlodi ustida ish boshlagan. Ushbu ish jarayoniga oid ilk fotosuratlar ham taqdim etildi.
Ushbu suratlar haqiqatga qanchalik yaqinligi biz uchun mavhum. Lekin fotosuratlar asosida shuni aytishimiz mumkinki, yangi avlod, avvalgisidan butunlay farq qilishi aniq va u sizga albatta maqul keladi.
Ma'lumotga ko'ra quvvatlantirish USB Type-C razyomi yordamida amalga oshiriladi. Ba'zi kompaniyalar 3.5 mm audio portdan voz kechayotgan bir pallada Google bunday qilmaslikni afzal bilmoqda. Smartfonning yuqori qismida o'z naushnigingiz uchun port saqlanib qolingan. Taxminlarga ko'ra smartfon Snapdragon 835 protsessori bilan jihozlanadi. Hozircha ushbu yangi model qachon ommaga taqdim etilishi aniq emas.
Izohlar