iPhone 8 haqidagi mish-mishlardan so'ng OLED displeylarga bo'lgan extiyoj oshmoqda

Apple kompaniyasi o'zining yangi iPhone 8 smartfonining ekranlarini egik OLED displey bilan jihozlashi haqidagi mish-mishlardan so'ng ko'pgina ishlab chiqaruvchilar bu turdagi ekranlarni tayyorlovchi kompaniyalar bilan qiziqib qolishgan.

 


Gap shundaki, Apple bozordagi yangi smartfonga bo'lgan talabni qondirishi uchun juda ham ko'p egik OLED displeylari kerak bo'ladi. Ushbu holat esa boshqa raqobatchilarga aynan shu turdagi yirik displey ishlab chiqaruvchilardan yetarli miqdorda hamda o'z vaqtida displey olish imkoniyatini keskin pasaytiradi. Ba'zi ma''lumotlarga ko'ra Apple va Samsung aynan 100 million dona displey yetkazib berish bo'yicha o'zaro shartnoma imzolagan. Samsung bu holatda katta miqdorda displeylar ishlab chiqarishi va uni o'z vaqtida "Apple"ga yetkazib berishi uchun barcha imkoniyatini ishga solishga tayyor. Lekin bu imkoniyat boshqa shu turdagi displeylar harid qilishni istagan raqobatchilarga yetmasligi kundek ravshan.

Shu sababli ham ko'plab Xitoydagi mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar shu turdagi displerlarni tezroq harid qilishga kirishgan. Ushbuu holatni egik displeylar yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin bo'lgan yana bir sabab deyish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив