2017-yilning barcha xrombuklari Android dasturlar bilan ishlay oladi

Google o'zining Chrome OS tizimini mukammallashtirishda davom etmoqda. O'tgan yilning sentabr oyida Chrome OS ning yangi Google Play o'rnatilgan versiyasini taqdim etgan edi.


Lekin ushbu yangilik taqdim etilgan paytda, faqatgina 3 noutbuk android dasturlari bilan ishlay olar edi. Bular ASUS Chromebook Flip, Acer Chromebook R11 va Google Chromebook Pixel. Endi sa Google kompaniyasi 2017-yil ishlab chiqariluvchi barcha xrombuklarda android dasturlar bilan ishlash imkoniyati paydo bo'lishini aytib o'tdi.

Google Chromium loyihasi saytida ana shunday android dasturlar bilan ishlay olishi kutilayotgan 60dan ziyod noutbuklar ro'yhati keltirilgan. Ular ichida CES 2017 da taqdim etilgan Samsung Chromebook Plus, Chromebook Pro, Acer Chromebook 11 N7 va Chromebook Flip C302CA noutbuklari mavjud. Demak, ushbu noutbuk egalari Google Play dan o'zlariga maqul har qanday dasturlarni o'rnatib olishlari mumkin.

Google kompaniyasi Chrome OS tizimini rivojlantirish yo'lida qilgan ushbu yangiligi ko'plab foydalanuvchilarga maqul kelayotgani aniq. Zero TrendForce statistikasiga ko'ra, Chrome OS o'rnatilgan noutbuklar sotuvi so'nggi vaqtlarda ancha ommalashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив