Huawei Watch 2 mobil tarmoqlarda ishlay oladi

Ma'lumotlarga ko'ra xitoyning Huawei kompaniyas o'zining Huawei Watch 2 aqlli soatini tez orada taqdim etishni rejalashtirmoqda. Qiziqarli tomoni, ushbu aqlli soat mobil tarmoqlarda smartfonsiz ishlay olishidir.


Kompaniya o'zining ilk aqlli soatlarini 2015-yilda taqdim etgan edi. Avvalgilaridan farqli ravishda yangi soat ko'rinishi sport dizayni asosida ishlab chiqariladi. Android Wear 2.0 tizimida ish oib boruvchi Huawei Watch 2.0 smart soati ikki turda ishlab chiqariladi. Biri faqat Wi-Fi tarmoqlari bilan ishlay olsa, ikkinchisi esa Wi-Fi dan tashqari mobil tarmoqlarda ham ishlay oladi. Demak, foydalanuvchilar bemalol smartfonsiz internetdan foydalanib, qo'ng'iroqlarni amalga oshirishlari mumkin.

Fevral oyida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan MWC 2017 tadbirida taqdim etilishi kutilayotgan Huawei Watch 2 narxi haqida hozircha ma'lumotlar yo'q.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив