Android 7dagi eng yaxshi smartfonlar

O'tgan yili Google kompaniyasi Android ning yangi versiyasini taqdim etganidan so'ng, ba'zi yangi smartfonlar aynan shu versiya bilan ishlab chiqarilgan bo'lsa, yana ba'zi yaxshi smartfonlar yangi versiyagacha yangilandi. Ushbu maqolamizda aynan shunday smartfonlar haqida to'xtalib o'tmoqchimiz.


LG V20

Android 7.0 Nougat asosida ishlab chiqarilgan ilk smartfondir. Qurilma o'zining hozirgi kundagi kamyob konstruksiyasi bilan ajralib turadi. Birinchidan - bu ikki qatlamli ekran bo'lib, smartfon blok holatida turli kerakli ma'lumotlarni ko'rsatib turadi. Asosiy ekran shu hisobda qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'ladi. Ikkinchidan esa bu yechib olinishi mumkin bo'lgan akkumulyator. Bundan tashqari ikkinchi sim karta va microSD kartasi uchun alohida slotlar ajratilganligi.

Ha aytgancha, flagman smartfonlari kabi imkoniyatlar, ya'ni kuchli protsessor, keng obyektivli ikki asosiy kameraning mavjudligi shular jumlasidandir.

 

Google Pixel va Pixel XL

Nougat bilan ishlab chiqarilgan ilk smartfonlar bo'la olmagan bo'lsada, Google bu borada boshqacha yo'l tutdi. Ya'ni uning smartfonlari Android Nougat 7.1 versiyasida ishlab chiqarildi. Bundan tashqari Google Assistant, Pixel Launcher, foto va videolar uchun bulutdan cheklanmagan joy kabi imkoniyatlar ham ushbu smartfonlarni yanada qiziqarliroq qildi. 12,3 MP zamonaviy kamera suratga olishda zamonaviy HDR+ rejimi kamchilik bilan, lekin keyinroq dasturiy to'g'irlangan imkoniyatlarni sanab o'tishimiz mumkin. Snapdragon 821 protsessori hamda chang va namlikdan IP57 standarti asosida himoyalanganligi ushbu smartfonlarni yetakchilar qatoriga qo'shishimizga imkon beradi.

Apparatlardagi farq faqatgina ekran o'lchamlari va batareyaning quvvatida bilinadi. Pixel 1920x1080 piksel 5 dyuym kengaytmali ekran va 2770 mAh akkumulyatorga, Pixel XL esa 2560x1440 piksel 5,5 dyuym kengaytmali ekran va 3450 mAh akkumulyatorga ega. O'ziga hos kamchiliklardan biri, bu smartfonlarning o'ta qimmatligi hamda microSD slotning yo'qligidir. To'g'ri, 128Gb doimiy xotirali versiyani sotib olib, joy masalasidan qutilsa bo'ladi.

 

Samsung Galaxy S7 Edge

Ushbu, ekran yonlari egik smartfon haqiqiy bomba bo'la oldi desak hato bo'lmaydi. To'g'ri, o'zining akasi Note 7 kabi to'g'ri ma'noda emas, balki ko'chma va yaxshi ma'noda. Birinchi yarim yillikda eng ko'p sotilgan smartfon sifatida qayd etilgan S7 Edge boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun ham ekran tuzilishi borasida o'rnak bo'la boshladi. Ushbu smartfonni sotib olgan foydalanuvchi premium dizayn, hamda virtual reallik ko'zoynagi uchun qulay joylashuvga ega qurilmaga ega bo'lishadi. Shu sababdan ham ba'zi bozorlarda ushbu smartfon ishlab chiqaruvchining VR ko'zoynagi bilan birgalikda sotilganiga guvox bo'lishimiz mumkin. Bundan tashqari sifatli korpus chang va namlikni o'tkazmaydi.

3600 mAh akkumulyator uzoq vaqt avtonom ishlashni ta'minlaydi. Asosiy kamera Dual Pixel texnologiyasini qo'llovchi 12 MP sensor bilan jihozlanganligi, smartfonni mobil foto yo'nalishida yetakchiga aylantiradi.

 

Huawei Mate 9

O'tgan yilning so'nggida ishlab chiqarilgan qurilma darxol o'zining firma qobig'i EMUI 5.0 asosida Android 7.0 Nougatni qabul qilib oldi. Nozik metal korpusga ega smartfon elegantlik borasida yetakchidir. Uzoq muddatli avtonom ishlashga imkon beruvchi 4000 mAh akkumulyator qurilmani bir oz og'irroq qilgandek.

Kirin 960 protsessori yuqori darajada ishlash imkoniyatlarini nafaqat testlarda, balki hayotda ham ko'rsata oladi. 20MP va 12MP modullardan tashkil topgan Leica asosiy kamerasi yordamida sifatli suratlar olishingizga kafolat beradi. Ikkinchi avtofokusli kamera esa 8MP bo'lib, avtoportretlarning sifati aslo sizni uyaltirib qo'ymaydi.

Agarda bu qurilma siz uchun bir oz kattadek tuyulsa, u holda Huawei Mate 9 Pro versiyasini sizga taklif qilamiz. Unda ekran diagonali 5,5 dyuymga ega.

 

OnePlus 3T

Dasturiy yangilanishdan so'ng Oxygen 4.0 proshivkasi bilan Android 7.0ga ega bo'lgan qurilma qulay va erkin sozlashga ega interfeysni taqdim etadi. Qurilma korpusi mustaxkam aviatsion alyumindan ishlab chiqarilgan. 3400 mAh akkumulyator va ishlab chiqaruvchining Optic AMOLED texnologiyasi qurilmani yetakchilar qatoridan o'rin egallashida munosib xissa qo'shdi.

Snapdragon 821 protsessori hamda 6Gb tezkor xotira qurilmani o'ta tez ishlashini ta'minlaydi. Tezkorlikning yana bir omili yaxshi optimizatsiyalangan dasturiy ta'minotdir. Ishlab chiqaruvchi foto va videolar sifatini ta'minlash maqsadida 16MP yiriklashtirilgan pikselli asosiy kamera bilan jixozlagan. Suratlar sifati optik va dasturiy stabilizatsiya yordamida yanada mukammal bo'lishining asosiy omilidir.

 

Xiaomi Mi5

Ushbu smartfonning asosiy yutuqlaridan biri, bu uning boshqa raqobatchilardan arzonligidir. Snapdragon 820 protsessori va 3000 mAh quvvatli batareya birmuncha ixchamroq 5,15 dyuymli korpusda joylashtirilgan. Bunday kattalikdagi ekran bilan 3000 mAh batareya uzoq avtonomlikni taminlaydi.

Kamera boshqalarnikidan u qadar katta farq qilmasada (asosiy 16MP va frontal 4MP), suratlar yaxshi sifat bilan aslo qolishmaydi. microSD slotning yo'qligi bir oz dilni xira qiladi. Lekin ishlab chiqaruvchi bu muammoning yechimini doimiy hotirani 32, 64 va 128Gb variantlar bilan taminlash orqali yechgan.

 

HTC U Ultra

2017-yil yangiligi sifatida baholanayotgan bu smartfon Android 7.0 Nougat o'rnatilgan holda ishlab chiqariladi. Sense foydalanuvchi interfeysi bunga qo'shimcha tarzda dasturni yanada chiroyliroq ko'rsatadi. Shishali premium dizayndagi korpus, Sense Companion virtual ko'makchi, foydalanuvchi quloqliklaridan kelib chiqib ovozni sozlovchi USonic texnologiyasi va boshqa firma qo'shimchalari bilan ushbu smartfonni alohida ko'rsatish mumkin.

Alohida jihatlaridan yana biri, bu uning kamerasi. Sapfir oyna bilan qoplangan, Ultra Pixel texnologiyasini qollovchi asosiy 12MP kamera optik stabilizator hamda lazer va faza avtofokus yuqori sifatli fotosuratlar olish imkonini beradi. Frontal kattalashtirilgan pikselli kamera esa 16MP. Always On Displayfunksiyali diagonali 5,7 dyuym, kengaytmasi 2560x1440 piksel bo'lgan ekran ximoyasi Gorilla Glass 5 oynasi zimmasida. Protsessor Snapdragon 821 bo'lib, turli testlarda yuqori ko'rsatgichni ko'rsatmoqda.

 

Hotima: To'g'ri, ko'pgina yetakchi kompaniyalar o'zlarining so'nggi flagman yo'nalishidagi smartfonlarini Android 7.0 Nougat bilan ta'minlashga ulgurishdi. Lekin umumiy fonda bu juda ham kam smartfonlarni o'z ichiga olgan. O'ylaymizki, yaqin orada bu ro'yhatning kengayishida yangi smartfonlarning bozorga chiqishi turtki bo'ladi. O'z navbatida ko'proq foydalanuvchilar yangi Androidning havosidan baxramand bo'lishlari mumkin bo'ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив