Samsung Galaxy A5 (2017) nimasi bilan sizni qiziqtirishi mumkin?

Sarlavhani o'qib, o'zingizga savol berishingiz aniq. Aynan nimasi ushbu smartfonni sotib olishga undaydi? Bozorda ushbu smartfon bilan deyarli bir hil narxda turli ishlab chiqaruvchilarning ko'plab qiziqarli raqobatchilari mavjud bir paytda. Ushbu sharhda bu borada batafsil to'xtalib o'tamiz.


Samsung kompaniyasining A seriyasi mana bir necha yildirki qiziqarli smartfonlarni taqdim etib kelmoqda. Ayniqsa ko'plab yaqinlarimiz aynan ushbu seriyadagi telefonlarga qiziqishi, so'zimiz isboti bo'la oladi. Chiroyli dizayn, premium material, foydalanuvchilar uchun maqul harakteristika va narxga egaligi, smartfonning ommaviylashuvi asosiy sabablaridir. Yangi A5da 2017-yil smartfonlaridan nima talab qilinsa, barchasi mujassam. Keling, barcha qulaylik va imkoniyatlar haqida batafsil to'xtalib o'tamiz.

IP68 ximoyasi

Yangi A5 ni bemalol 1,5 metrgacha suv tubiga, 30 daqiqa bo'lgan vaqtgacha sho'ng'itishingiz mumkin. To'g'ri, bu imkoniyat aynan qanday holatda kerak bo'lishini esa o'zingiz hal qilishingiz mumkin. Eng muhimi namlikdan himoyalangani, ushbu narxdagi smartfonlar orasida yetakchilikni olib beradi.

Always On Display

Flagman smartfon modellari va Gear S3 aqlli soatlaridagi bu imkoniyat endi yangi A5da ham mavjud. Super AMOLED ekrandan foydalanilganligi smartfonni ekran o'chgan holatida ham aniq vaqt, o'tkazib yuborilgan xabarlarni aks ettiradi. bundan tashqari o'zingizga kerakli qo'shimcha xabarlarni ham aks ettirishingiz mumkin. Shunday ekan, bu funksiya hozirgi kunda o'ta muhimligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Har holda IPS ekranli raqobatchilarda bunday imkoniyat mavjud emas.

Ikkita alohida sim va xotira kartasi

Ko'pchilik uchun bunday tuzilish yoqishi aniq. Gap shundaki, smartfonda 2ta lotok mavjud. Chap tomondagi lotok asosiy sim karta uchun, yuqoridagi lotokda esa bir vaqtda ikkinchi sim va microSD kartani joylashtirish imkoniyati mavjud. Ya'ni boshqalarnikidek lotok gibrid emas. Nega aynan bu imkoniyatga alohida urg'u berayotganimizni chuntirsak. Hozirgi kunda 64Gb doimiy hotiradan past xotiraga ega smartfonlarda aktiv foydalanuvchi uchun juda tez bo'sh joy yetishmovchiligi asosiy muammo. Demakki, gibrid slotli smartfonni xotira kartasiga extiyoj sezganda ikki sim karta bilan ishlatib bo'lmay qoladi.

Dizayn va ergonomik ko'rinish.

O'ziga hos ixcham va sifatli materiallardan tashkil topgan smartfon. Orqa tomoni oynadan, yetakchi ramkasi alyumindan. Oldingi 2.5D egiklikdagi oyna va umumiy ko'rinish qo'lingizda sifatli maxsulot ekanligini ko'z-ko'z qiladi. Dizayn juda yaxshi. Lekin yaxshilik aynan qora rangdagi modella yaqqol ko'rinadi. Boshqa ranglarda esa bir oz oddiyroqdek. To'g'ri, barchasi har bir insonning shaxsiy tanloviga bog'liq. Lekin qora rangga bir bor e'tibor berishni tavsiya qilamiz.

Kamera korpus bilan deyarli bir satxda. Avvalgi modellar kabi kamera tashqariga chiqib turmaydi. Boshqaruv tugmalari ham o'z o'rnida va qulay joylashtirilgan. Asosiy Home tugmasida barmoq skaneri joylashtirilgan. Ikki sensor tugmalar ham yaxshi yoritish tizimi va joylashuvga ega.

Ovoz boshqaruvi hamda bloklash tugmalari yon tomonda qulay joylashtirilgan. Bu borada hech qanday minuslarni ko'rmadik. Lekin...

Lekin 2 holat bizni ajablantirdi. Birinchisi: USB Type-C quyi qismda markazda emas, pastroqqa taqalib qolgandek. Nahotki markazga joylashtirishni imkoni bo'lmagan? Ikkinchisi: huddi yuqoridagidek holat quloqliklar (naushnik) uchun 3.5 mm razyomda ham kuzatilgan. Ovoz karnayi (dinamik) joylashuvi esa bizni hayron qoldirdi. Dinamik smartfonning o'ng yon qismida joylashgan. Odatiy bo'lmagan joylashuv. U ham mayli, smartfonga qaramaganingizda ham aynan ushbu dimanik sizga yaqqol ko'rinib turadi. Ko'z oldingizdan ketgisi kelmaganday.

Darvoqe, ushbu dinamikdan ovoz sifatli va yaxshigina baland holatda chiqadi. Ba'zi qo'shiqlarni eng yuqori balandlikda ham bemalol sifatini yo'qotmagan holda tinglash mumkin.

Displey.

Yuqorida aytib o'tganimizdek, Galaxy A5 2017 da AMOLED displey o'rnatilgan. Ekran diagonali 5.2", ramkalar bahaybat ham, o'ta nozik ham emas. Kengligi 1920x1080 nuqtaga, har dyuym uchun piksellar zichligi 424 ga teng. Minimal va maksimal ekran yorqinligi har qanday holat uchun mo'ljallangan.

Kameralar

Yuqorida ko'plab yetakchilikni olib kelishi mumkin imkoniyatlardan so'ng, ushbu smartfonni bir oz orqaga tortuvchi jihat haqida so'zlashga majburmiz. Zero o'tgan yilgi modellardagi optik stabillashtirish funksiyasi ushbu modelda qayerga ketganligi bizni hayron qoldirdi. Bundan tashqari A5 4k video suratga olishni ham bilmaydi. To'g'ri, ikkala kamerada ham suratlar sifati yaxshi. Ikki kamera ham 16MP kengaytmaga ega. Chiroq kuchi 1.9, lekin turli modullar asosida. Agar professional fotograf bo'lsangiz, unda PRO rejimiga o'tib, o'zingizga kerakli ko'rsatgichlar yordamida suratga olishingiz mumkin.

Dasturiy ta'minot va texnik xarakteristika

8 yadro Cortex-A53 dan iborat Samsung Exynos 7880 protsessori 1,9 GHz chastotada ishlaydi. Grafik protsessor Mali-830 MP2. Tezkor xotira 3Gb, doimiy esa 32Gb. Bunday imkonyat bilan deyarli har qanday og'ir dasturlarni smartfoningiz qiyinchiliksiz ko'tara oladi. Batareya 3000 mAh bo'lsada, ko'nglimiz ko'prog'ini tusaydi. Sababi to'liq quvvatlanish smartfondan faqatgina 1 kun o'rtacha foydalanishga yetadi. Yaxshiyamki tezkor quvvatlantirish funksiyasi mavjud.

Texnik tafsilotlar:

  • O'lchamlar: 146,1 x 71,4 x 7,9 mm, vazni – 159 gramm;
  • Displey: 5,2-dyuymli Full HD (1920 ? 1080), 424ppi, matritsa – Super AMOLED;
  • Protsessor: Samsung Exynos 7880, 8 yadro Cortex-A53, 1,9 ГГц;
  • Video: Mali-830 MP2;
  • RAM: 3 ГБ;
  • Doimiy xotira: 32 Gb + microSD slot 256 Gb gacha;
  • Asosiy kamera: 16 MP, f1,9 (1080p soniyasiga 30 kadr);
  • Frontal kamera: 16 MP;
  • Akkumulyator: 3000 mAh;
  • USB Type-C; microSD sloti, SIM karta uchun ikkita alohida slot, barmoq skaneri.

Android - 6.0.1 bo'lib, yaqin orada 7-versiyaga yangilanishi kutilmoqda. Interfeys juda ham qulay va tezkor.

Hullas optik stabilizatsiya va bir oz avtonom ishlash vaqti kamligini hisobga olmaganda smartfon bizga maqul keldi. Sizgachi? Ushbu model haqida fikringizni qoldirishni unutmang.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив