Vertu ikki sim kartali smartfon bilan bozorga qaytmoqda

So'nggi yillarda Vertu kompaniyasini bir necha qiyinchiliklar qiynayotgani sababli, ushbu kompaniyaning yangi maxsulotlari premium xaridorlarni sog'intirib qo'ygan edi. Lekin...


Avvaliga moliyaviy muammolar, kadrlar masalasi, keyinchalik xitoyning Godin Holdings fondiga kompaniyani sotib yuborilishi Vertuni bozordan butunlay ketishiga olib kelayotgandek edi. Lekin kompaniya ana shunday katta o'zgarishlardan so'ng ham yangi smartfon taqdim etishga kuch topa oldi.

Avvalgi modellar kabi Vertu Constellation ham angliyada yig'iladi. Yig'ish jarayonida eng yaxshi material va komponentlardan foydalaniladi. Masalan korpus anodlangan alyumindan, Italiyadagi maxsus zavodlarda ishlab chiqariluvchi haqiqiy teri bilan mujassamlangan.

Bundan tashqari smartfonda alohida tugma bo'lib, u orqali siz shaxsan sizga biriktirilgan maxsus operator bilan bog'lanishingiz mumkin. Barcha Vertu egalari ushbu operator bilan sutkaning istalgan vaqtida bog'lanishlari va qiziqtirayotgan savolga javob olishlari mumkin.

Constellation modeli zamonaviy qurilmalardan tashkil topgan. Apparat 5.5-dyuymli 2560x1440 kengaytmali AMOLED ekranga va Gorilla Glass o'rniga sapfir oynaga ega.

Snapdragon 820 protsessori, 4Gb tezkor (operativ) xotira va 128Gb doimiy xotiraga ega smartfonda microSD kartasi uchun slot mavjud. Bularning barchasi dizayni bir oz o'zgartirilgan Android 6.0 bazasida ishlaydi. Bundan tashqari smartfonda simsiz quvvat olish tizimi va zamonaviy USB Type-C mavjud. 3220 mAh batareyani o'zingizga maqul usul bilan quvvatlantirishingiz mumkin. Home tugmasi ostida barmoq skaneri hamda maxsus Silent Circle ximoya tizimi smartfoningiz daxlsizligini saqlashda yordam beradi.

Dizayn - bu alohida mavzu. Xar holda avvalgi modellardan deyarli farq qilmaydi. Shaxsiy fikrim, bu dizayn ancha eskirgan va o'ta qo'pol. Yaxshiyamki konstruksiyada plastik ishlatilmagan.

Vertu qurilmalari uchun odatiy bo'lmagan holat, ya'ni smartfonda Dolby Digital Plus va ikkita stereo karnaylarning mavjudligidir. Ishlab chiqaruvchining takidlashicha, ushbu modelda siz smartfonlardagi eng sifatli stereo ovozdan baxramand bo'lishingiz mumkin.

Va nihoyat so'nggisi - bu kamera. Vertu Constellation 1.55µm piksel o'lchamli 12 MP modul bilan jihozlangan. Bu esa kam yoritilgan joylarda ham sifatli suratlarni olishga yordam beradi.

Agar ko'rinishini hisobga olmasa, ushbu modelda ikki sim kartani ishlatish imkoniyati shaxsan meni ajablantirdi. Odatda ikki sim kartali smartfonlarni iqtisod qilishni xush ko'ruvchi foydalanuvchilar turli operatorlarning kerakli xizmatlaridan bir vaqtda tezkor foydalanish uchun ishlatishadi. Lekin bunday imkoniyat lyuks flagmanlariga nima daxli borligiga ochig'i hayronman.

Bir necha ming yevro evaziga bunday apparatni sotib olgan inson, qo'ng'iroq va internet uchun turli operatordan foydalanib, iqtisod qilmasa kerak? Bu huddi yangi BMW sotib olib, unga bozordagi eng arzon va sifatsiz g'ildiraklar qo'yish bilan barobardek. Balki ishlab chiqaruvchilar smartfon ko'rinishini zamonaviyroq va sifatliroq holatga keltirish ustida bosh qotirishsa, yaxshi bo'lardi. Hozirgi ko'rinishda ushbu smartfon xitoy internet do'konlarida arzimagan pulga olish mumkin bo'lgan modellardan unchalik ham farq qilmaydi.

Darvoqe, smartfon fevral oyi yakunida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Faqat narx borasida aniq ma'lumotlar yo'q.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив