O'tgan yili BlackBerry kompaniyasi 2017-yilda 3ta yangi smartfon taqdim etishga va'da bergan edi. 2ta smartfon anons qilindi. Endi esa navbat QWERTY klaviaturali Mercury modeliga.
Ishlab chiqaruvchi o'zining Twitterdagi sahifasida yangi smartfon taqdimoti haqida yozib o'tgan. Unga ko'ra taqdimot 25-fevral sanasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Uzunquloq gaplarga ko'ra apparat Snapdragon 625 protsessori, 3Gb operativ (tezkor) xotira va 18 Mp (megapiksel) asosiy kameraga ega bo'ladi. Mercury ishlab chiqaruvchining so'nggi original smartfoni bo'lishi mumkin.
O'tgan yili BlackBerry mobil bo'limini yopishga hamda o'z yo'nalishini dasturiy ishlab chiqarish va ta'minotga qaratishini aytib o'tgan edi. Dekabr oyida esa kompaniya o'z brendiga bo'lgan xuquqni xitoyning TCL kompaniyasiga berib yubordi.
Izohlar