Samsungning navbatdagi Galaxy S8 modelidagi o'zgarishlar haqida Weibo tarmog'ida navbatdagi ma'lumotlar paydo bo'ldi. Ma'lumotlarga ko'ra, asosiy kamera obyektivi avvalgi modellardan tubdan farq qilishia aytib o'tilgan.
Aniqrog'i kamera endi korpusdan tashqariga chiqib turmaydigan, bir tekisda qilib ishlanmoqda. Bu esa ko'plab perfeksionistlarni albatta xursand qilishi aniq.
Eslatib o'tamiz, Galaxy S8 smartfoni o'lchamlari 140,14x72,2x7,3 mm bo'lib, shu yilning 29-mart sanasida rasman taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Izohlar