Sapfir oynali HTC U Ultraga fevral oyidan buyurtma berishingiz mumkin bo'ladi

Tayvanning HTC kompaniyasi o'zining yuqori sinfga mansub HTC U Ultra smartfoninig qachon savdoga chiqishi muddatini e'lon qildi.


Sapfir oynali, 128 Gb doimiy xotiraga ega smartfon 920$ ga baholanmoqda. Buyurtmalarni esa fevral oyining ikkinchi yarmidan qabul qilish boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, ushbu smartfonning boshqalardan farqi, uning qo'shimcha ekrani mavjudligidadir. Bundan tashqari USonic texnologiyasi asosida sun'iy aqlli Sense Companion virtual yordamchisi ham mavjud.

Gadjet 5,7 dyuymga ega 2560x1440 piksel kengaytmali ekran, Snapdragon 821 protsessori, 4Gb (ram) tezkor xorita hamda 3000 mAh akkumulyatorga ega. Asosiy 15 megapiksellik hamda qo'shimcha 12 megapiksellik kameralar UltraPixel texnologiyasi yordamida yuqori sifatli kadrlarni muxrlashga imkon beradi. Lazerli avtofokus hamda optik stabilizatsiya suratga olishda o'ta muhim ahamiyatga ega albatta. Smartfon Android 7.0 Nougat tizimida ishlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив