iPhone X ta'mirlash imkoniyati bo'yicha 10 baldan 6 bal to'pladi

iPhone X rasmiy sotuvi bugundan boshlangan bo'lishiga qaramay, iFixit mutaxassislari ushbu yangi smartfonni ichki qismlari bilan tanishib chiqishga ulgurishdi.


Ta'mirlash imkoniyati bo'yicha 10 baldan 6 bal yig'ishga muyassar bo'lgan smartfon ichki sxemalaridagi o'zgarishlarni ushbu yangiligimizda yoritib beramiz.

Umuman olganda iPhone X tuzilishi bo'yicha avvalgi modellardan katta farq qilmaydi. Sochish ishlari displaydan boshlanadi. Displeyni yechganingizdan so'ng, eng avvalo iPhone X dagi antiqa holatga duch kelasiz. U ham bo'lsa bir-biriga yopishtirilgan ikkita akkumulyator batareyasidir.

 

Batareyalarning bunday holati korpus ichidagi joydan maksimal tarzda unumli foydalanish imkoniyatini yaratgan va detallarning bir-biriga o'ta yaqin qilib joylashtirilgan. Akkumulyatorlarning umumiy sig'imi 10.35 vatt-soat.

Yangi iPhonening yana bir o'ziga hos yangiligi, bu ikki tomonlama pechatli platadan foydalanilganligidadir. Platada Apple A11 Bionic chipseti o'rin egallagan. Bundan tashqari SK Hynix H9HKNNNDBMAUUR tezkor xotira mikrosxemasi, Apple 338S00248 audio kodeki va boshqa komponentlar mavjud.

iFixit mutaxassislari tomonidan keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, ekran yoki batareyani almashtirish uchun qurilmani to'liq sochish talab etilmaydi. Bundan tashqari ekranning almashtirilishi TrueDepth kamerasini almashtirishni talab qilmaydi.

Kamchiliklar sifatida doimgiday smartfonda ishlatiluvchi kley, firma maxsus vintlari, juda ham ko'plab shleyflarning mavjudligi va korpusda shishaning ko'p ishlatilganligi ko'rsatib o'tilgan.

Darvoqe, smartfon orqa qismini almashtirish uchun qurilmani to'liq sochishga (qismlarga ajratish) to'g'ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив