Apple iPhone 8 ertaroq sotuvga chiqishi mumkin

Ma'lumotlarga ko'ra yangi iPhone 8 smartfoni 3 oy ertaroq ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Lekin sotuvga esa odatiy har yilgi reliz vaqtida chiqishi belgilangan.


Bu yil Apple kompaniyasida birinchi iPhone sotuvga chiqqaniga yubiley 10 yil to'lishi munosabati bilan, qo'shimcha premium versiyadagi smartfon taqdim etishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari kompaniya iPhone 8 ishlab chiqarilishini o'tgan yildagilardan 3 oy ertaroq boshlashi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, ishlab chiqarish aynan iyun oyidan boshlanishi aytib o'tilgan. Bilishimizcha, ishlab chiqaruvchi bu yo'l bilan qurilmaga bo'lgan katta talabni o'z vaqtida qondirish niyatida. Lekin, sotuvga qurilma o'tgan yillardagidek kuzda chiqishi kutilmoqda.

So'nggi xabarlarga asoslanib shuni aytishimiz mumkinki, iPhone 8 shisha korpusda po'lat ramka asosida ishlab chiqariladi. OLED-displey esa qurilmaning to'liq yuz qismini egallaydi. Bundan tashqari kuchliroq protsessor, rivojlantirilgan simsiz quvvat olish tizimi hamda optik barmoq skaneri o'rnatilishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив