ZTE kompaniyasi o'ziga hos jiddiy qadam tashlashga qaror qilgan ko'rinadi. Bunga sabab esa ularning yangi eksperemental form-faktorga ega Axon M smartfonini taqdim etishini ko'rsatib o'tishimiz mumkin.
Umuman olib qaraganda bu ikkita oddiy smartfon bo'lib, ular bir-biri bilan sharnirli petlya yordamida birlashtirilgan. Yig'ilgan holatda ikkala smartfon ekranlari tashqarida qoladi. Shu sababdan uni tushirib yubormasdan, extiyot qilib ishlatishni tavsiya qilgan bo'lar edik. Displaylar o'lchami bir hil va 5.2 dyuym o'lchamga, Full HD kengaytma va Gorilla Glass 5 oynaga ega.
Axon M Qualqomm Snapdragon 821 chipsetiga, 4 Gb operativ va 64 Gb doimiy xotiraga ega. Bundan tashqari microSD orqali doimiy xotirani ishirish ham mumkin.
Smartfonda bir dona 20 MP kamera mavjud. U ham frontal ham asosiy kamera o'rnini bosa oladi. Kamerada Sony Sensor IMX350 senrosi va maksimal f/1.8 diafragmali obyektiv mavjud. Kamera o'ziga hos imkoniyatlar, jumladan fazali avtofokus, ikkita svetodiodli yoritgich, 4K UHD (30 k/s) va Slow Motion (240 k/s, 720p) ega.
Akkumulyator sig'imi 3180 mAh bo'lib, fikrimizcha qurilmani uzoq muddat ishlashi uchun kamlik qilsa kerak. Har holda ushbu smartfonda bir emas, naqd ikkita ekran mavjud. Quvvatlash uchun USB Type-C portidan foydalaniladi. 3.5 mm audio tuynuk orqali AKM AK4962 audio protsessor yordamida yuqori sifatli Hi-Res (32 bit razryad va 384 kHz diskretlash) musiqalarni tinglashingiz mumkin bo'ladi.
Axon M Android OTning 7.1.2 versiyasida ishlaydi. Bundan tashqari bir necha dasturiy qulayliklar, jumladan: oynali ko'rinish, ikki ekrandagi rasmni birlashtirish, ko'p oynali rejim va boshqalar mavjud. Yig'ilgan holatda ekranlardan biri o'chiriladi va bu holda siz huddi oddiy smartfonni ishlatganday ishlashingiz mumkin.
Shunday qilib antiqa ZTE Axon M narxi 725$ga baholanmoqda.
Izohlar