Kickstarter loyihasida qiziq bir loyihaga ko'zimiz tushdi. Unda dunyodagi eng kichik 4G-smartfon uchun mablag' yig'ilmoqda. Qurilma haqiqatda hozirgi smartfonlardan anchagina kichik bo'lib, ekran diagonali 2,4 dyuymga teng.
Eng qizig'i ushbu smartfon Android 7.0 versiyasida ishlaydi va LTE tarmoqni qo'llaydi.
Smartfonning ilk versiyasi to'rt yadroli 1,1GHz chastotali protsessorga, 1Gb tezkor va 8Gb doimiy xotiraga ega. Jelly Pro versiyasi esa 2Gb tezkor va 16Gb doimiy xotira bilan ishlab chiqariladi. Ekran kengligi juda ham kichik - 432x240 piksel. Akkumulyator sig'imi esa bor yo'g'i 950 mAh bo'lib, 3 kungacha quvvatlanishsiz ishlashini ta'minlay olishi kutilmoqda.
Ikkala modelda ham ikkitadan nano-Sim karta uchun maxsus slot mavjud. Bundan tashqari 32Gb gacha bo'lgan microSD kartalari uchun ham slotning borligi, smartfonga bo'lgan qiziqishni oshiradi. Smartfonlarda ikkita kamera mavjud. Frontal kamera 2MP, asosiy esa 8MP. Ilk model 59$, Jelly Pro esa 75$ga baholanmoqda. Yakuniy narx bundan qimmatroq bo'lishi ham mumkin. Smartfonlar 3 hil rangda ishlab chiqariladi: oq, ko'k va qora ranglarda.
Smartfon avgust oyi so'ngida taqdim etilishi rejalashtirilgan. Ishlab chiqaruvchilar ushbu smartfon starti uchun 30 ming $ atrofida yig'ishni rejalashtirishgan edi. Lekin foydalanuvchilar ushbu yangilikni yaxshi qabul qilganliklari uchun, hozirda 120 ming $ ziyod mablag' yig'ishga erishildi.
Izohlar