O'tgan yili xitoyning Meizu kompaniyasi zamonaviy Pro 6 flagman smartfonini taqdim qilgan edi. Dizayn va texnik imkoniyatlari tomonidan yuqori baholangan smartfonning bu yil davomchisi taqdim etilishi kutilmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra Pro 7 smartfoni iyun oyida ommaga taqdim etilishi rejalashtirilgan. Smartfon korpusi titandan ishlab chiqariladi va ko'rinishidan avvalgi Pro 6 modelini yodga soladi.
5,7 dyuym, 3840x2160 piksel kengaytmali 4K displey Always On Display texnologiyasini qo'llaydi. MediaTek Helio X30 chipseti asosida 10 yadroli protsessor, Sony IMX362 CMOS на 12 MP asosiy kamera hamda 10ta dioddan tashkil topgan xalqali yoritgich (vspishka) modelga bo'lgan qiziqishni yanada oshiradi.
Oddiy varianti 4Gb tezkor hamda 64Gb doimiy xotiraga ega bo'ladi hamda 3299 yuan (480$) narxda sotiladi. Kuchliroq variantlar: 6/128Gb 3599 yuanga (520$) va 8/128Gb 3799 yuan (550$)ga baholanmoqda.
Izohlar