Qadim zamonda emas, balki bundan 8-9 yil avval, android endigina rivojlanish sari qadam tashlay boshlagan mahalda ko'plab antiqa va o'ziga hos original smartfonlar ishlab chiqarilganiga guvox bo'lgan ekanmiz. Ushbu sharhimizda aynan ilk android smartfonlar haqida so'z yuritmoqchimiz.
Ochig'i, o'sha kezlari ishlab chiqaruvchilar shu darajada originallikka katta ahamiyat berishardiki, hozir bunga bir oz ishonish qiyindek. Hech bir telefon yoki smartfon bir-biriga o'xshagan emas. Faqatgina dasturiy ta'minot bir oz o'xshay boshlagan damlar... Aynan hozirda yetakchi ishlab chiqaruvchilarning ilk androiddagi qurilmalari quyidagilardan iborat:
HTC Dream
Barcha android telefonlarning otasi desak hato bo'lmaydi. AQShda qurilma 2008-yilda T-Mobile G1 nomi bilan sotuvga chiqadi. Ilk androidlarning deyarli o'xshash jihatlari bu jismoniy (fizicheskiy) QWERTY klaviaturaning mavjudligidadir. 480x320 kengaytmali, 3.2 dyuymli ekranda esa 5ta tugma va trekbol joylashgan edi. Smartfon 528MHz chastotali protsessor, 128Mb (ram) operativ xotira hamda 256 doimiy xotiraga ega edi. Bundan tashqari 3.2 MP kamera, 1150 mAh batareya hamda 16Gb gacha bo'lgan microSD kartalarni qo'llab quvvatlash HTC Dream imkoniyatlari sirasidandir.
Yarim yil muddat ichida AQShda T-Mobile G1 smartfoni 1 milliondan ko'proq nusxada sotildi. T-Mobile bilan 2 yillik shartnoma imzolaganlar ushbu smartfonga 179$ evaziga egalik qilishardi. Smartfon kamchiligi, uni kastomizatsiya qilib bo'lmasligi yoki boshqa proshivkalarni o'rnatib bo'lmasligida edi.
LG EVE
LG kompaniyasi esa o'zining ilk android smartfonini 2009-yilda ishlab chiqarishni boshlagan edi. Qurilma LG EVE (LG GW620) deya nomlangan edi. HTC Dream kabi ushbu smartfon ham slayder ko'rinishida QWERTY klaviaturaga ega edi. Faqat ekrandagi asosiy tugmalar soni bir oz kamroq edi. Sotuvga ilk chiqqan paytda smartfon android 1.5 versiyasida faoliyat yuritardi. Keyinchalik ishlab chiqaruvchi Android 2.2 gacha bo'lgan yangilanishlarni ham ushbu model uchun taqim etdi.
Texnik harakteristika tomondan hozirgidek turfalikga ega bo'lmagan davrda LG EVE 528MHz chastotali Qualcomm MSM7200A protsessori, 128 operativ hamda 256Mb doimiy xotiraga ega edi. 32Gb gacha bo'lgan microSD kartani qo'llay olishi, 3 dyuymli LCD ekran, vspishka (yoritgich) va avtofokusli 5 MP kamera hamda 1500 mAh batareya modelda mujassam bo'lgan.
Samsung Galaxy I7500
Samsungning ilk android smartfonlarida turli bozorlar uchun hozirgidek turli nomlari bo'lmagan. Oddiygina - Samsung Galaxy I7500. 528MHz chastotali Qualcomm MSM7200A protsessori, 128 operativ xotira kabi xususiyatlar ushbu modelni ham chetlab o'tmagan edi. Qurilma android 1.5 versiyada ish boshlagan edi. Keyinchalik faqatgina android 1.6 gacha yangilanishga erishdi holos. Asosiy kamchiliklar sifatida batareyaning tez quvvatsizlanishi, o'tkazib yuborilgan qo'ng'iroq va sms haqida ogoxlantiruvchi ma'lumotnomalar yo'qligi va boshqa tillarni yaxhsi qo'llamasligini ko'rsatish mumkin. Wikipedia ma'lumotiga ko'ra Samsung o'sha kezlari ushbu model uchun yangilanish chiqarishdan bosh tortgan. To'g'ri, hozirgi kunda Samsung bu boradagi qarashlarini o'zgartirdi. Aks holda haqiqiy yetakchilardan biri bo'lmasligi aniq edi.
Smartfon ekrani 3.2 dyuym, kengaytmasi 480x320. Qizig'i, o'sha davrdagi an'analardan farqli ravishda qurilmada QWERTY klaviatura mavjud bo'lmagan. Bu esa o'ziga hos qadam sifatida baholangan. Eslatib o'tamiz, Galaxy i7500 2009-yil iyun oyidan sotuvga chiqqan va 330$ ga baholangandi.
Sony Ericsson Xperia X10
"Senga er yuqsin" (bundan 8-9 yil avval, talabalar orasida shunday nomda mashhur) kompaniyasining ilk android smartfoni 2009-yilning noyabr oyida taqdim etiladi. Lekin unig sotuvi esa negadur 2010-yilda boshlanadi. Umuman olganda, Xperia lineykasi android boshqaruvidagi smartfonlar sirasiga kirishi avvaldan rejalashtirilmagan. Bungacha Sony Ericsson Xperia brendi ostida faqat Windows Mobile tizimida smartfonlar ishlab chiqarargan. X10 1GHz chastotali Qualcomm QSD8250 protsessoriga, 384 Mb operativ xotira, 854x480 kengaytmaga ega 4 dyuymli ekran, 8 MP kamera va 1500 mAh quvvatga ega akkumulyator bilan jihozlangan. Ilk android smartfonlar orasida aynan X10 dizayn va texnik tasnif tomondan anchagina qiziqarliro ko'rinar edi.
Android 1.6 bilan sotuvga chiqqan qurilma 2011-yil martigacha android 2.3.3 versiyasigacha yangilanishga ulguradi.
To'g'ri, yillar davomida ko'plab o'zgarishlar sodir bo'ldi. O'sha davrning yetakchilari haqida hozirda borgan sari kamroq gapirmoqdamiz (HTC, Sony). Aksincha ilk sinov qadamlarini qo'yganlar esa hozir yetakchilar qatorida joylashgan. O'ylashimizcha, android davrining ilk qurilmalari hozirgi zamonaviy, bizni ajralmas mobil yordamchilarimizning paydo bo'lishiga jiddiy qadam tashlashga undagani aniq.
Darvoqe, izohlarda o'zingizni o'sha yillardagi smartfonlaringiz va ular haqida fikrlaringizni yozishni unutmang.
Izohlar