Microsoft Windows 7 bilan xayrlashish muddatini ma'lum qildi

Microsoft kompaniyasi rasman, hozirgi kunda eng ommabop OT (OS) Windows 7 ni qo'llab-quvvatlashni qachon to'xtatishini ma'lum qildi.


Kompaniya vakilining so'zlariga ko'ra, ushbu tizimni qo'llab-quvvatlash (yangi update va to'g'rilashlar tayyorlash) 2020-yilning boshlarida to'xtatiladi. Hozirdan barcha foydalanuvchilar kompaniyaning hozirda so'nggi tizimi Windows 10 ga o'tish tavsiya qilinmoqda.

2015-yilning yanvar oyida Microsoft Windows 7 bazaviy qo'llab-quvvatlashni to'xtatgane edi. Bunga sabab esa o'sha paytda Windows 10 ning taqdim etilganini ko'rsatib o'tish mumkin. Ko'plab foydalanuvchilar (korporativ foydalanuvchilardan tashqari) bir yil davomida Windows 7 dan Windows 10 ga bepul yangilanish imkoniga ega bo'lishdi. 2016-yil so'ngida esa kompaniya PC va noutbuk ishlab chiqaruvchilarga eski tizim o'rnatilgan devayslarni sotishni ta'qiqladi. Aynan 2020-yilda Microsoft yangilanishlar ishlab chiqarishni to'xtatishi bilan, foydalanuvchilarni yana bir bor eng so'nggi tizimga o'tishni tavsiya qiladi.

Kompaniya vakilining e'tirof etishicha, "yetti" ancha eskirgan va ko'plab xavfsizlik talablariga javob bera olmaydi. Undan foydalanish foydalanuvchilar uchun qimmatga tushishi, ya'ni xavfsizlikni ta'minlash uchun qo'shimcha harajatlar talab qilinishi aytib o'tilgan.

Statistikaga ko'ra Windows 10 hozirda PC bozorining 25% egallab bo'lgan. Kompaniyaning takidlashicha, Windows 10 "yetti"ga nisbatan ommalashganroq va talabgorroq. Windows tizimlari statistikasida Windows 10 43% qurilmalarda, Windows 7 42% gacha pasayganini kuzatish mumkin. AQShda ushbu ko'rsatgich 55% ga 35%, Buyuk Britaniyada 58% ga 31% ni tashkil qiladi. Umuman olganda barchasi Windows 10 tarafida.

Analitiklarning taxminicha, qo'llab-quvvatlash kamaygani bilan, Windows 7 ancha vaqt ommabop tizim sifatida qolishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив