Google HTC kompaniyasini sotib olish haqidagi rejalari borasida anchadan buyon mish-mishlar bolalab kelmoqda edi. Va nihoyat ikki tomon ham ushbu kelishuvni rasman tasdiqladi. Shunday qilib HTCning smartfon biznesi Google uchun 1,1 milliard AQSh dollariga aylandi.
Kelishuvga binoan Pixel smartfonini ishlab chiqarishda qatnashgan HTCning barcha xodimi endi Google bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlaydi. Bundan tashqari Google Tayvan kompaniyasining patentlaridan o'z maqsadlari yo'lida foydalanish xuquqiga ega.
Endilikda Tayvan kompaniyasi (HTC) bundan buyog'iga faqat virtual reallik qurilmalariga bor e'tiborini qaratishiga qaramasdan, HTC brendi ostida smartfon ishlab chiqarishni ham to'xtatishmaydi. Kompaniya vakillari tez orada yangi modellarni taqdim etishi hamda hozirgi modellar hilma-hilligini qisqartirishlarini aytishmoqda.
To'liq kelishuv yanvar oyida yakunlanishi rejalashtirilgan. Bunga sabab esa bir nechta tashkilotlar ruxsati darkorligi va yuridik xujjatlarning uzoq muddatda tayyor bo'lishi ko'rsatilgan.
Izohlar