Lenovo Motorola brendi bilan smartfon ishlab chiqarmoqchi emas

Xitoyning Lenovo kompaniyasi smartfon ishlab chiqarish borasida Motorola va Vibe brendlaridan voz kechmoqchi.


Ushbu brendlar nomi o'rniga endi Lenovo moto nomi qo'llaniladi. Yangi nomdagi smartfonlar 26-fevralda sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Motorola mobility uzoq vaqt mobaynida qo'ldan-qo'lga o'tib keldi. 2012-yili Google 12,5 milliard $ evaziga Motorola Mobilityni sotib oldi. 2014-yilda esa Lenovo ushbu aktivni 2,91 milliard $ evaziga sotib oldi. Shundan buyon Lenovoning mobil yo'nalishi zarardan boshi chiqmay kelmoqda.

Analitiklarning fikriga ko'ra, brendning o'zgarishi sotuvga yaxshi o'zgarish olib kira olmaydi. Zero Lenovo brendi asosan arzon va hamyonbop smartfonlar sirasiga kirsa, Motorola brendi esa faqat xotiralardagina qoladigan ko'rinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив