Nokia 3310 modeli qaytmoqda

Hozirgi kunda Nokia brendiga egalik qiluvchi HMD kompaniyasi so'nggi vaqt mobaynida bir necha yangi smartfonlar taqdim etishi borasida mish-mishlar bolalagan. Shulardan eng qiziqarlisi qadimiy Nokia 3310 modelining qayta ishlab chiqarilishi va boshqa yangi modellar haqida to'xtalib o'tsak.


Bu yil Barselonada bo'lib o'tadigan Mobile World Congress 2017 ko'rgazmasida kompaniya to'rtta yangi modelni taqdim etishni rejalashtirgan.

Nokia 5 va Nokia 6 modellari bu o'rta sinfdagi modellar sirasiga kirib, Snapdragon 460 protsessorida faoliyat yuritadi. Nokia 5 5,2 dyuymli ekran, 2Gb tezkor xotira va 12 MP kameraga ega bo'ladi.

Nokia 6 modeli esa 5,5 dyuymli FullHD displey, 4Gb tezkor xotira va 16MP kameraga ega. Nokia 6 modeli €250 (yevro), Nokia 5 bo'lsa €200 narxda sotuvga chiqishi rejalashtirilgan.

Byudjet modellar sinfiga oid Nokia 3 modeli €150 narxda sotuvga chiqadi. Texnik harakteristikalari esa hozircha sir saqlanmoqda.

Ana endi esa eng qiziqarli 3310 modelining yangilangan versiyasiga to'xtalib o'tsak. Ishlab chiqaruvchi ushbu telefonni zamonaviy varianti entuziastlarga albatta maqul kelishini aytib o'tishdi. €60 boshlang'ich narxda sotilishi ko'zda tutilgan 3310 modelining yangilangan harakteristikalari haqida hozircha ma'lumot yo'q.

Eslatib o'tamiz, Nokia 3310 2000-yilda 3210 modeli o'rniga kelib, eng ommabop telefonlar sirasiga kira olgan. Bunday nomga ushbu modelning bir zaryaddan uzoq muddat ishlay olishi va chidamli korpusi yordamida erishgan. Model ishlab chiqarilgan yillar davomida Nokia 126 million dona ushbu turdagi telefonni sotishga erishgan. O'sha davr uchun bu juda katta ko'rsatgich sifatida baholangan.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив