Sony smartfon sensorlarida inqilob qilmoqda

Sony kompaniyasi smartfon kameralari uchun o'zining 3 qatlamli CMOS-sensorini taqdim etdi. Ushbu sensorning avvalgilaridan ajralib turuvchi jihati shundaki, u Full HD formatida kadrda 1000fps chastota bilan video suratga olishidir.


Bundan tashqari sensor 1/120 sekund viderjka (parcha) bilan 19.3 MP suratlar olishi mumkin (avvalgi sensordan bir muncha tezroq vaqt ichida).

Bundan ko'rinib turiptiki, hozirgi yetakchi smartfonlarga nisbatan tezkorlik to'rt baravarga oshgan. The Verge ma'lumotiga ko'ra iPhone 7 va Google Pixel 1080p video formatida bor yo'g'i 120 fps kadr chastotada suratga oladi.

Umuman yuqorida tilga olingan ikki kompaniya ham Sony sensorlaridan foydalanadi. Ajab emas, balki yangi texnologiya ushbu ishlab chiqaruvchilarning bu yilgi yangi smartfonlariga yetib borsa.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив