Nyu-York bosh prokurori Erik Shneyderman yuqori sudga mahalliy Spectrum Management Holding Co. provayderi ustidan abonentlarni aldaganligi bo'yicha ayblov bilan murojat qildi.
Gap shundaki, yuqorida zikr etilgan provayder o'z abonentlarini aldaganlikda ayblanmoqda. Aniqrog'i provayder taqdim etayotgan tezlik ko'rsatilgan tezlikdan past bo'lgan. 2012-yilning yanvar oyida provayder marketing xizmati tezkor va sifatli internet taqdim etishga va'da bergan. Lekin so'nggi 16 oy davomida o'tkazilgan tekshiruvlar buning aksini ko'rsatmoqda. Mijozlar provayder va'da qilgan tezlikdan 70% kam tezlikda ishlashgan. Ba'zi hollarda abonentlar oyiga 110$ to'lagan, lekin ko'rsatilgan tezlikning uchdan birigina ularga yetib kelgan. Taxminlarga ko'ra, bunday holatdan mahalliy 5 millionga yaqin aholi jabr ko'rganligi aytilmoqda.
Izohlar