Daniyaning Osterilda qirg'og'i bo'yida joylashgan shamol generatori bir sutka davomida ishlab chiqargan elektr energiyasi bo'yicha dunyo rekordini o'rnatdi.
O'tgan yilning 1-dekabrida ushbu generator 216 000 kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqargan. Bu esa o'rtacha oilani 20 yil davomida elektr bilan ta'minlashga yetadigan ko'rsatgichdir.
V164-8.0 MW turbinasi MHI Vestas Offshore Wind kompaniyasining 9 megavattli shamol generatori bo'lib, balandligi 220 metrni tashkil qiladi. Har bir parrak uzunligi 80 metrni, vazni esa 35 tonnaga teng.
Ushbu shamol generatori sinov shamol generatorlar elektrostansiyasida o'rnatilgan bo'lib, bu yerda energiya ishlab chiqarish bo'yicha yangi texnilogiyalar sinovdan o'tkaziladi. Daniya iste'mol qiladigan energiyadan ko'proq elektr energiya ishlab chiqaradi. Shu sababli ortiqcha energiya yaqin qo'shni davlatlar bo'lmish Germaniya, Norvegiya va Shvetsiyaga eksport qilinadi.
Izohlar