Androidda ishlovchi smartfonlar uchun eng yaxshi antiviruslar ro'yhati (TOP-5)

Barcha tizimlarda bo'lgani kabi, android tizimida ham havfli va zararli dasturlar mavjudligini yaxshi bilasiz. Bugungi sharhimizda aynan Android tizimi uchun eng keng tarqalgan va ommabop bo'lgan beshta antiviruslar bilan sizni tanishtirib o'tamiz.


1. Dr.Web Light

Eng ommabop bo'lgan bepul antivirus. Minimal funksiyalarga ega va aynan gadjetingizdagi ma'lumotlar kerakli havfsizligini ta'minlay oladi. Bundan tashqari barcha foydalanuvchilar uchun 14 kunlik to'liq pullik versiyani test sifatida baholash imkoniyatini ham mavjud.

Asosiy imkoniyatlardan biri bu - zararlangan smartfonda ham viruslardan halos bo'lishda yordam bera olishidir. Imkoniyatlari haqida:

- Butun qurilmani yoki tanlovingiz asosida kerakli papkalarnigina yaxshilab tekshira olishi

- Fayl tizimi doimo nazorat ostida va ayniqsa xotirada bo'layotgan har qanday o'zgarishga jiddiy e'tibor

- Smartfon va SD kartangizni turli Autorun viruslaridan zararlanishini oldini oladi

- Protsessor va tezkor xotiraga minimal yuklanish, batareyani tejashi

- Aniqlangan viruslarni vaqtinchalik ximoya zonasiga ko'chirib o'tkazish va kerakli ma'lumotlarni qayta tiklash imkoni

- Antivirus bazasi yangilanishida trafikni ko'p ketqizmasligi

- Antivirusning ish jarayoni bo'yicha hisobotga ega bo'lish.

Pullik versiyada esa antispam, o'g'rilashga qarshi tizimlari va bulutli Cloud Checker filtri mavjud.

Antivirusni o'rnatish

 

2. CM Security

Dasturlarni blokirovka qilish, turli dasturiy axlatlardan tozalay olishi va smartfon ishlashini bir oz tezlashtirishi antivirusning eng asosiy yutug'i. Yuklanayotgan fayllar va o'rnatilayotgan dasturlarni tekshirish yordamida viruslarga qarshi kurashadi.

Imkoniyatlari:

- Dasturlarni bloklash va shu orqali ma'lumotlaringiz maxfiyligini saqlaydi

- Protsessor va operativ xotirani tozalay olishi smartfonning yengilroq ishlashini ta'minlaydi

- Smartfon o'g'irlanishiga qarshi maxsus funksiya. Yo'qolgan smartfoningizni qayerdaligini aniqlash imkoniyatini beradi, shu orqali smartfondagi ogoxlantirish signalini yoqishga yoki uni bloklash mumkin

- O'rnatilgan va yangi dasturlarni, tizimni skanerlash yordamida turli zararli kodlardan qutilish mumkin

- Yoqmaydigan yoki aldamchi qo'ng'iroqlarni bloklash

- Turli shubxali saytlarni bloklash

Antivirusni o'rnatish

 

3. Kaspersky antivirusi

Kasperkiy laboratoriyasining bepul antivirusi o'z smartfon va planshetingiz ximoyasi uchun yaxshi taklif.

Imkoniyatlari:

- Zararli dasturlardan ximoya, KIS doimiy ravishda android qurilmangizni skanerdan o'tkazadi, yuklangan fayl va dasturlarni zararli emasligini tekshiradi.

- Anti o'g'ri tizimi. Ushbu tizim yordamida o'g'irlangan smartfonni qayerdaligini aniqlashingiz, maxsus signalni yoqish va frontal kamera orqali suratga olishingiz mumkin.

- Masofadan turib smartfonni bloklash va undagi ma'lumotlarni o'chirish

- Kerakli ma'lumotlarni boshqalardan berkitish

- Maxsus oq va qora ro'yhat yordamida turli sms va qo'ng'iroqlardan himoyalanishingiz mumkin.

- Turli fishing saytlaridan ximoya

Antivirus bepul va pullim versiyalarda taqdim etiladi. Barcha foydalanuvchilar pullik versiyadan 30 kun mobaynida foydalanishlari mumkin.

Antivirusni o'rnatish

 

4. Avast Mobile Security

Deyarli barcha ommabop viruslardan ximoyani ta'minlovchi bepul antivirus.

Imkoniyatlari:

- To'liq antivirus bazalari

- Kerak bo'lmagan qo'ng'iroqlarni bloklash

- Turli dasturlarni bloklash

- Xavfsizlik choralarini ko'rish bo'yicha maslahatlar

- Brendmauerga egaligi

- Xotirani dasturiy axlatlardan tozalash

- Wi-Fi tizimini xavfsizlik bo'yicha tekshirish

Antivirusni o'rnatish

 

5. Mobile Security & Antivirus

Ushbu antivirusni o'rnatishingiz bilan siz 30 kun mobaynida PREMIUM versiyani ishlatish imkoniga ega bo'lasiz.

Imkoniyatlari:

- Foydalanuvchi talabi asosida fayl va papkalarni tekshirish

- Fayl va dasturlarni yuklash jarayonida skanerlash

- Maxsus xavfsiz karantin zonasi

- Anti o'g'ri tizimi, smartfonni SMS orqali boshqarish

- Xotirani belgilangan vaqtda tekshirish

- avtomatik kunlik antivirus bazasini yangilash

- Xavfsizlik tekshiruvi

- Qo'ng'iroq va SMSlarni boshqarish

Antivirusni o'rnatish

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив