2017-yilning smartfonlarida nimalar bo'lishi kerak?

Sarlavhani o'qib, sizning ham bu yilgi smartfonlarda aynan nimalar bo'lishi kerakligi haqida hayol o'tgan bo'lishi tabiiy. Umuman olsak, bu kutilgan holat. Bu borada o'zimizning qarashlarimiz bilan sizni tanishtirsak.


Ekran va protsessor bo'lishi kerak deya hazil qilishingiz shart emas. Bu borada biz hazil qilib bo'ldik :)

 

Barmoq izi skaneri

Barmoq skaneri allaqachon flagman telefonlarning asosiy yutug'i sifatida qaralmay qo'yilgan. Bizningcha 2017-yilda deyarli barcha (hattoki byudjet) smartfonlar barmoq skaneriga ega bo'lishi darkor. Masalan sizga 160-170$ narxda ikki smartfon taklif qilishdi. Ikkalasining imkoniyatlari teng. Faqatgina birida skaner bor, birida esa yo'q. Bizningcha skanerli telefonga ko'pchilik tanlov borasida yon bosgan bo'lardi.

 

Svetodiod

Ko'pchilik uchun uning bor yo'qligi unchalik katta ahamiyat kasb etmaydi. Lekin hozirgi zamon sharoitida har qanday dasturdan kelayotgan xabarlarning dastur rangiga mos holda svetodiod orqali ogoxlantirish berishi, yana bir jiddiy qulaylik sifatida baholash mumkin. Masalan pochtangizga hat keldi va shunga monand rangda svetodiod yondi. Bilasizki, muhim hat va unga tezroq javob berishingiz mumkin. Yoki aksincha telegramga qandaydir xabar keldi va bu ma'lumot siz uchun o'ta muhimmas, keyinroq bo'sh vaqtingizda xabarni o'qishga vaqt ajratishingiz mumkin. Bizningcha 2017-yilda deyarli barcha smartfonlarni ana shunday kichik qulaylik bilan jihozlash foydadan holi bo'lmaydi.

 

Namlik va suvdan himoya

Yaqindagina Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy A 2017 seriyasidagi yangi smartfonlarini taqdim etdi. Ushbu smartfonlarning asosiy ustunligi, albatta chang va suvdan IP68 standarti bo'yicha ximoyalangaligida desak hato bo'lmaydi. To'g'ri, hozir har bir ishlab chiqaruvchidan aynan shu turdagi imkoniyatni talab qilishimiz bir oz noo'rin. Lekin hech bo'lmaganda namlikdan himoyani keng targ'ib qolish maqsadga mufoviq bo'lar edi. Har holda ko'pchilik smartfonini yarim soatga suv tubida ushlab turmasligi aniq. Lekin deyarli barchada yomg'ir yoki qor yog'gan holatda smartfon o'z himoyasini taminlay olishini istagan bo'lar edi. To'g'ri, flagmanlar va zamonaviy smartfonlarda bunday imkoniyat mavjud. Endigi maqsad esa byudjet smartfonlarida ham bunday imkoniyatning qaysidur standart bo'yicha bo'lsa ham paydo bo'lishida.

 

USB Type-C

Ochig'i bu borada hali bir oz gapirishga ertadek. microUSB hali ancha vaqt ommabopligini saqlab qolishiga shubhamiz yo'q. Lekin zamon zayli bilan deganlaridek, uning davri ham o'tib bormoqda. Zero yangi USB Type-C imkoniyatlari juda ham katta. Shu sababdan deyarli barcha flagmanlar aynan USB Type-C bilan ishlab chiqarilmoqda. Endi navbat esa boshqa narxdagi kategoriyalarga. Imkoniyatlar borasida internetda ko'plab maqolalar mavjud. Shu sababli bu haqida batafsil to'xtalmaymiz. To'g'ri, ko'pchilik hali bunga tayyor emas deyishingiz mumkin. Lekin yangilik va o'zgarishlar texnologiyaning ajralmas qismi va biz buni har doim tushinishimiz darkor.

 

Sizningcha 2017-yil smartfonlarida yana nimalar bo'lishi darkor? Bu haqida o'z fikringiz bilan o'rtoqlashishni unutmang.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив