"Kickstarter"da Mac va iPhone uchun qanday qiziqarli startaplarni topish mumkin

O'tgan yili Apple kompaniyasining o'z qurilmalarida bir nechta razyomlardan voz kechishi ko'plab foydalanuvchilar tomonidan turlicha qabul qilindi. Kompaniya fikricha voz kechilgan razyomlar o'z davrini o'tab bo'lgan. Ushbu "voz kechish"ga hamma uchun sevimli 3.5mm miniJack, magnit razyomli MagSafe zaryad qurilmasini ko'rsatib o'tishimiz mumkin. 


Bularning barchasi o'rniga yangi zamonaviy USB Type-C va Lightning ni qo'llashimizga to'g'ri keladi. Ushbu holat sabab Kickstarter startaplar servisida ko'plab yangi g'oya va takliflar yuzaga kelmoqda. Quyida ushbu g'oyalardan uchta biz uchun qiziqarli bo'lganlari bilan sizni tanishtirib o'tamiz.

 

Camera Cover

Bizni o'ziga o'ta jalb qilgan birinchi loyihani, ochig'i boshida hazil tariqasida qabul qildik. Zero ushbu loyiha aniq paranoiklar, ya'ni o'zini barcha tomonidan hamma yerda kuzatilayotganligini his qilganlar uchun bag'ishlanadi. Intelligent Security tomonidan taqdim etilayotgan qiziqarli aksessuar Camera Cover deb nomlanadi va Web yoki boshqa camerangizni keraksiz paytda sizni suratga olish imkonini cheklaydi.

Tuzilishi bo'yicha bu eng nozik kameralarni mehanik yopguvchisi desak hato bo'lmaydi. U butunlay kamerangizni to'sishi mumkin. Undan tashqari ushbu aksessuar qurilmangizda begona jismdek ko'rinish bermaydi.

Сamera Cover metal varoqdan tayyorlangan bo'lib, qalinligi 0.7 mm ni tashkil qiladi. Demakki, noutbukingizga bemalol "yopishtirib" ekraningiz bemalol yopilishiga shubxa qilmasangiz ham bo'ladi.

Boshqaruv shunchalik onsonki, huddi svaypni (swype) amalga oshirishga o'xshaydi. Boshqaruv temirchasi esa ekraningizga aslo ziyon yetkazmaydi.

Loyiha Kickstarterda paydo bo'lganiga u qadar ko'p vaqt o'tgani yo'q. Lekin rejalashtirilgan mo'ljaldanda ko'p summa yig'ishga ulgurgan.

 

MagNeo

Endi razyomlarga to'xtalamiz. Kimga qanday bilmadim-ku, lekin shaxsan men uchun yangi MacBooklarda MagSafe quvvatlovchi razyomning yo'qligi bir oz tushkunlik olib keldi. Ushbu razyom nafaqat meni, balki ko'plab MacBookchilarni turli vaziyatlarda "qutqargani" rost gap (stoldan tushib ketishiyu va hokazo). Lekin ana shunday "qutqaruvchanligi" ham razyomning universalroq, biroq unchalik qulay bo'lmagan USB Type-C bilan almashtirilishi bilan yakun topdi. 

Branch USB kompaniyasi ayni yuqorida tilga olingan holatlarni inobatga olib, qiziqarli adapter yaratdi. Ushbu adapter avvalgi portning ba'zi funksiyalarini qaytarish imkonini beradi.

To'g'ri, ushbu adapter bu yo'nalishdagi birinchisi emas. Bundan avval ham shunga o'xshash adapterlarni uchratish mumkin edi. Lekin MagNeo yaratuvchilari 5K video to'lqin (potok)ni yetkazish uddasidan chiqishdi. Bundan tashqari 10Gb/s ma'lumot almashinuvi hamda 100Vatt elektr kuchlanish o'tkazuvchanligi raqobatchilar orasida ushbu adapterni eng yuqoriga olib chiqa oladi. Bunday natijaga esa yigirmata konnektorning ishlatilishi olib keldi. Raqiblarda esa bu ko'rsatgich atiga beshta.

Bunday adapterlar yordamida har qanday USB Type-C qurilmani ulash imkonini beradi. Mabodo kimdur bilmasdan simni qattiqroq tortib yuborsa, simning orqasidan qurilmangiz ham ketib qolmaydi.

Adapterning eng muhim qulay jihati deb, uning har qanday holatda avvalgi MagSafeni ulaganday ulashingiz mumkin. O'ylashimcha yangi MacBookga o'tganimda, albatta ushbu aksessuar birinchi haridlarimdan biri bo'lishi aniq.

 

Accessport

3.5mm razyomidan voz kechib, Apple ko'plab foydalanuvchilarning qarg'ishiga duchor bo'lgan bir pallada, iPhone egalari uchun ham qiziq o'tkazuvchi (perehodnik) topishga muyassar bo'ldim. Shaxsiy fikrim, 2017-yilda iPhone egalari simsiz quloqlik (naushnik) sotib olganlari maqulroq. To'g'ri, kim uchundir bunday naushniklar qimmat ko'rinishi mumkin. Lekin, kechirasiz-ku, iPhone ham arzon matox emas!

Lekin siz ashaddiy meloman bo'lsangiz, u holda siz uchun ham batareyangizni quvvatlab, ham 3.5mm Hi-Res perehodnikni o'zida jam qilgan tayyor maxsulotni tavsiya qilamiz.

Ishlab chiqaruvchilar 24bit/96.000 Hz sifatdagi ovoz chiqishiga kafolat berishmoqda. Bunday natijaga esa raqamli/analogli preobrazovatel (o'zgartiruvchi) yordamida erishilmoqda.

Accessport 300 Omqarshilikga ega naushniklar bilan ishlay olishi mumkin. Demak, har qanday Hi-Fi qurilmalar ushbu perehodnik bilan ishlashi mumkin. 

Qurilma konstruksiyasida sertifikatlangan maxsus Lightning konnektor va audio moduldan foydalanilgan. Bundan tashqari ushbu qurilma maxsus dastur yordamida o'z dasturiy ta'minotini yangilay oladi. Ha aytgancha, qurilmada musiqani boshqarish va ovoz balandligini o'zgartirish tugmalari borligi kichik bonus yoki qulaylik sifatida qabul qilish mumkin.

Accessport harakteristikalari quyidagicha:

  • Chipset MCU dasturiy ta'minoti bilan
  • Ovoz sifati – 24bit/96,000 Hz
  • Signal/shovqin mutanosibligi – 122 dB
  • 300 Omgacha bo'lgan naushniklar bilan ishlash
  • konstruksiyada MFi-komponentlari ishlarilgan: С68 + LAM

 

Yakun

Innovatsiyalarning yo'qligi yoki omadsiz yangiliklar tatbig'i yangidan-yangi maxsulotlar paydo bo'lishiga olib keladi. Qandaydur qurilma yoki perehodnik siz uchun kerak yoki yo'q, buni aynan o'zingiz hal qilasiz. Biz esa shunchaki ular haqida qisqa ma'lumot berib boramiz. Izohlarda o'z fikringizni qoldirishni unutmang.

 

Jahongir (JET) tayyorladi.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив