5G nima, ilk sinovlar va O'zbekistonga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?
5G bu mobil aloqasining yangi avlodi bo’lib, u 4G texnologiyasiga nisbatan yuqori o’tkazuvchanlikka egaligi va boshqa ko’plab parametrlar bilan farqlanadi. Ushbu texnologiya yordamida ma’lumotlar almashinuvi soniyasiga bir necha gigabitni tashkil qiladi hamda to’g’ridan-to’g’ri, ya’ni qurilmadan qurilmaga qo’shimcha vositasiz ulanish imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari energiya tejamkorligi avvalgi avlod texnologiyalariga nisbatan yuqoriligi bilan ajralib turadi. O’z navbatida bu internet vositalar rivojiga o’z hissasini qo’shadi.
Ushbu yo’nalishdagi sinov ishlari 2014-yilda boshlangan va ko’plab davlatlarda sinovdan o’tkazilgan. O’zbekistonda 2017-yilda shunga o’xshash sinovlar olib borilgan. 5G texnologiyasida eng birinchi Tijoriy tarmoq 2018-yilda AQShda Verizon operatori tomonidan ishga tushirilgan. Shundan so’ng ushbu ro’yhatni Koreya, Shveytsariya, Xitoy va Buyuk Briyaniya davlatlari to’ldirdi.
O’zbekistonda 5G texnologiyasini tijoriy ishga tushirish o’tib borayotgan 2020-yil yakuniga rejalashtirilgan edi. Lekin hozircha bu borada ishlar qaysi bosqishda ekanligi biroz mavhum. Boz ustiga pandemiya sababli bu yo’nalishdagi ishlarni biroz kechiktirishi va tijoriy 5G tarmog’ini O’zbekistonda kelasi yili kutishimizga to’g’ri kelishi mumkin. Lekin optimistik ruxni tushirmagan xolda, keling ushbu texnologiya bizda qanday imkoniyatlarni yaratishi haqida suxbatlashsak. Avvalo bu o’ta yuqori tezlikdagi Internet. Bundan tashqari yuqorida tilga olingan tog’ridan-tog’ri ulanish va internet buyumlarining hayotimizdagi o’rni sekin asta oshib borishiga imkoniyat yaratadi. Albatta ushbu texnologiya Aqlli uy va Aqlli shahar loyihasini amalga oshirishda keng imkoniyatlarni ochadi. Bundan tashqari respublikamizda qishloq xo’jaligi va ko’plab boshqa soxalarda ham ko’plab innovatsion loyihalarni amalga oshirish mumkin. Bu borada esa ko’plab start-up loyihalar hozirda ish olib borishmoqda.
Izohlar