Yil yakunigacha dunyoda 5G ishga tushadi

AQSHning eng yirik telekommunikatsiya operatori AT&T 5G standartidagi tarmoqni ommaviy ishga tushirish niyatida.


Yaqindagina 5G New Radio standarti qabul qilingan edi. Ushbu xodisadan so'ng ishlab chiqaruvchilar darxol standartga mos holda turli qurilmalarni ishlab chiqarishni boshlab yuborishdi.

Shundan so'ng AT&T kompaniyasi amerika bozorida 5G tarmog'ini ishga tushirish bo'yicha o'z rejalari haqida ommaga ma'lumot berdi. Unga ko'ra 2018-yilning so'ngiga qadar kompaniya AQSHning 12 shahrida 5G tarmog'ini ishga tushirishi ko'zda tutilgan. Kompaniya prezidenti Melissa Arnoldining fikriga ko'ra, yangi 5G tarmog'i hozirgi yashash tarzimizni butunlay o'zgartirib yuborar ekan.

Bundan tashqari AQSHning boshqa operatori, Verizon ham yil so'ngiga qadar Kaliforniya shtatida 5G tarmog'ini ishga tushirishi borasida ma'lumotlar tarqaldi. Aynan ushbu shtat uchun Samsung kompaniyasi 5G uy routerlari va mobil modemlar taqdim etishi rejalashtirilgan.

O'z o'rnida Intel kompaniyasi ham 5G tarmog'ida ishlay oluvchi modemlarini taqdim etdi. Modemlar 2019-yilda sotuvga chiqishi kutilmoqda. 5G modemlar soniyasiga gigabaytlab ma'lumot uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Darvoqe, O'zbekistonda ham allaqachon ushbu tarmoq sinovlari borasida ilk qadamlar tashlangan. Mobil operatorlar yopiq tarzda Pre5G tarmog'ini sinab ko'rishdi. Yirik operatorlar rejalariga ko'ra, 5G tarmog'i O'zbekistonga ommaviy ravishda 2020-yilda kirib kelishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив