Kanadaning SAGA texnologik kompaniyasi o'zining so'nggi ishlab chiqargan texnologiyasi, "Interaktiv sport zal" bilan tanishtirdi. Ushbu sport zali o'quvchilar orasida jiddiy qiziqish uyg'otdi.
Qo'shimcha reallik yordamida sport zali devorini interaktiv devorga aylantiruvchi texnologiya yordamida o'quvchilar turli qiziqarli mashqlarni bajarishlari mumkin bo'ladi. O'yinga hamohang aktivlik bolalarni jismoniy mashqlarni o'z hohishlariga ko'ra katta qiziqish bilan o'tashayotgani hozirgi zamonda katta yutuq.
Texnologiya haqida: devorga proyektor yordamida ma'lum harakatlanuvchi jismlar suratlari tushiriladi. Bolalar ushbu jismlarga to'plarni tekkizishlari zarur bo'ladi. Har bir teginish, aniqrog'i to'g'ri amal turli tovush va effektlar yordamida boyitiladi. Hodisani aniqlash uchun esa 3D kameralar yordamga kirishadi.
Ushbu prototip hozirda birgina maktabda tekshirilmoqda va ixtirochilar uni omadli texnologiya sifatida baholashmoqda.
Izohlar