Huawei kompaniyasi o'zining yangi smartfonlaridan so'ng smart soatlarining Pro versiyasi, Watch 2ni taqdim etdi.
Yangilikda unchalik ham yangi imkoniyatlar ko'p emas. Lekin bu bilan ushbu smart soatni e'tibor qilishga arzimaydi deya olmaymiz. Huawei Watch 2 Proda virtual eSIM karta qo'llovi, bundan tashqari Android Wear 2.0 o'zgartirilgan (Google servislarisiz) versiyasi mavjud.
eSIM karta yordamida soat egalari 2G, 3G va 4G mobil operatorlari tarmog'ida ishlay olishadi va bemalol mustaqil tarzda qo'ng'iroq va SMSlarni smartfonga bog'lanmagan holda qabul qilishlari mumkin.
Watch 2 Pro xarakteristikasiga ko'ra 1.2 dyuymli AMOLED (390x390 piksel) displeyga, Qualcomm Snapdragon 2100 chipset, 768Mb tezkor va 4Gb doimiy xotiraga ega. Bundan tashqari foydalanuvchi uchun Bluetooth, Wi-Fi va NFC imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin. Smart soat IP68 standarti asosida suv va changdan ximoyalangan.
Huawei Watch 2 Proni Xitoyda 390$ga sotib olishingiz mumkin.
Izohlar