Xiaomi robot-changyutgich taqdim etadi

Xiaomi kompaniyasi o'tgan yili ommaga taqdim etilgan Mi Robot Vacuum changyutgichini yangilangan versiyasini taqdim etdi.


Roborock Sweep One deya nomlangan robotni Roborock kompaniyasi ishlab chiqarmoqda. Sweep One modeli asosiy yirik va qo'shimcha yon shetkaga ega. Changyutgichda avvalgi modelga nisbatan kuchliroq motor o'rnatilgan va u 2000 PA bosimni xosil qila oladi. Xonadan-xonaga o'tish uchun lazer qurilmalardan foydalaniladi.

O'zining kompakt o'lchamlari evaziga robot-changyutgich mebelingizning ostidagi qo'l yetmas joyga ham yetib bora oladi. Xonadan-xonaga o'tishda eshik romlarining 2 sm gacha poldan balandligi robot uchun qo'rqinchili emas. Changyutgich quyi qismida suv uchun maxsus joy ajratilgan bo'lib, suv yordamida maxsus salfetka namlanib turiladi. O'z o'rnida ushbu salfetka polni artish jarayonida foydalaniladi. Suv uchun ajratilgan joy 45060 daqiqa davomidagi tozalov ishlariga yetadi.

Roborock Sweep One o'zi ishlayotgan pol turini aniqlay oladi. Shu asosda changyutgich ishlash rejimi o'zgarib boradi. Masalan changyutgich tagida gilam borligini aniqlasa, avtomatik tarzda ish kuchini oshiradi. Foydalanuvchi changyutgichga kerakli paytda aynan kerali joyda ishlash grafigini sozlashi mumkin. Bundan tashqari changyutgichni ovoz yordamida ham boshqarish mumkin. Afsuski hozircha bu imkoniyat xitoy tilini bilganlar uchungina mavjud. Changyutgich batareya sig'imi 5200 mAh bo'lib, 2,5 soat davomida ishlashga yoki 250 m2 maydonni tozalashga yetadi. Bundan tashqari batareya zaryadiu kam qolganida, robot avtomatik quvvatlanish markaziga qaytib keladi.

Roborock Sweep One ikki variantda sotilishi mumkin: namlash yordamida tozalovchi varianti 379$ va oddiy varianti 258$.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив