Uy quruvchi robot: bir necha kunda uyingiz tayyor bo'ladi

Avstraliyalik mutaxassislar yangi robotni taqdim etishdi. gap shundaki ushbu robot juda qisqa muddat ichida belgilangan chizmalar asosida uy qura oladi. Bu esa oddiy quruvchilar ishini juda tez tugatishga yordam beradi.


Caterpillar kompaniyasi mutaxassislari ushbu robotni Hadrian X deya nomlashdi. Robot soatiga 1000ta g'isht terish imkoniga ega. Eng qizig'i u 24 soat to'xtamasdan ishlay oladi. Bu esa bir uyni bor yo'g'i bir necha sanoqli kunlarda bitishini ta'minlaydi.

Hadrian X o'ziga hos 28-metr uzunlikdagi qo'lga ega bo'lib, ushbu qo'l yordamida g'isht terish amalga oshiriladi. Mutaxassislar uyning kompyuterdagi 3D grafik dizaynini tizimga kiritishadi. Aynan shu dizayn asosida robot uyni qurish ishlarini avtomatik amaga oshiradi.

Ishlab chiqaruvchilar ushbu robotni qo'shimcha funksiyalar bilan ham taminlashgan. Unga ko'ra robot turli o'lchamdagi g'ishtlar bilan ishlay oladi. Oddiy quruvchilar kabi kerakli paytda g'ishtni kerakli o'lchamga keltira oladi. Qurilish mobaynida sement o'rniga maxsus qurilish kleyidan foydalaniladi. Shu sababli ham qurish jarayoni birmuncha tez va sifatli amalga oshiriladi.

Hadrian X maxsus yuk mashinasiga o'rnatiladi. Qurilish boshlanishidan avval yuk mashinasiga kerakli miqdorda qurilish xom-ashyolari hamda bino plani elektron tarzda yuklanadi. Shundan so'ng barchasini chetdan turib tomosha qilishingiz mumkin.

Caterpillar kompaniyasi ushbu robotni yaratish yo'lida 2 million dollar sarflashdi. Mutaxassislar fikriga ko'ra, bunday robotlardan foydalanish, qurilajak binolar narxini birmuncha arzonlashishiga olib keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив