Samsung Galaxy Note 8 rasmiy ko'rinishi mana shunday bo'ladi

Internetda va nihoyat Samsung Galaxy Note 8 rasmiy ko'rinishi paydo bo'ldi. Bundan tashqari ushbu flagmanga oid boshqa ma'lumotlar ham aniqlashtirildi.


Ma'lumotlarga ko'ra, Note 8 6.3 dyuymli EDGE ekranga ega bo'ladi. Qo'shimchasiga, yuqori va quyi ramkalari Galaxy S8 modelinikidan yanada ingichkaroq bo'ladi. Quyida ikkala smartfonni solishtirilgan fotosurat keltirilgan. Suratda smartfonlar kattaligi masshtabi saqlanmagan.

Orqa tomonda ikkita asosiy kamera joylashgan. Ishlab chiqaruvchilar bizga 3 karrali optik ZOOM, optik stabillashtiruvchi, HDR rejimi, hamda yorug'lik yetishmovchilik va tezkor fokusni o'zgartirish oqibatida olingan suratlarda yuqori sifatni ta'minlashni va'da qilishmoqda. Hozircha doimiy so'zlar ketma-ketligi. Faqatgina 3 karrali ZOOM qiziqtirishi mumkin. Darvoqe, iPhone 7 Plus modelida bu ko'rsatgich 2 karra.

Suratlarga asoslanib, smartfon 2 rangda, qora va tilla rangda sotuvga chiqarilishini ko'rishimiz mumkin. Balki Samsung taqdimot marosimida boshqa ranglardagi variantini ham taqdim etishi mumkin. Ha aytgancha, Bixby tugmachasi ushbu smartfonda ham mavjudligiga urg'u beramiz. Zero, ushbu tugmacha ko'pchilikga Galaxy S8 modelida yoqmaganligi aniq.

Barmoq izi skaneridan tashqari smartfonda egasini tanish hususiyati hamda ko'z qorachig'ini skanerlash tizimi ham mavjud bo'ladi. AQSh va Xitoy variantdagi smartfonda Snapdragon 835, xalqaro versiyada esa Exynos 8895 protsessorlari qo'llaniladi. Tezkor xotira 6Gb, doimiy ichki xotira 64 yoki 128Gb bo'lishi kutilmoqda. Ana endi eng qiziq va so'nggi ma'lumot, smartfon 1000 Yevrodan sotilishi kutilmoqda.

Agar ushbu smartfon sizni o'ziga sexrlay olgan bo'lsa, 1000 yevro hech nima bo'lmasa kerak :)

Izohlar

  1. Юлдашев тулкин 23 января 2018 11:50

    Samsung Galaxy Note 7000 нега обнавления олмайди.

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив