Samsung Galaxy A5 Andoid 7.0 Nougatgacha albatta yangilanadi

2014-yilda ishlab chiqarilgan Samsung Galaxy A5 foydalanuvchilari uchun ajoyib xush xabar. Sizning qurilmangiz ham bu yil yangi Android 7.0 Nougat versiyasigacha yangilanadi.


Bu haqida Avstraliyaning Optus operatori o'z saytida ma'lumot bergan. Unga ko'ra, hozirda ushbu yangilanish test qilinmoqda va fevral oyining so'ngidan boshlab barcha uchun ochilishi rejalahstirilgan.

Eslatib o'tamiz, ilk Samsung galaxy A5 Android 4.4 versiyasi bilan ishlab chiqarila boshlangan. Keyinroq smartfon 5.0 Lollipop va yakunda 6.0 Marshmallow versiyalarigacha yangilangan edi. Agar apparat Android 7.0gacha yangilansa, u holda ushbu smartfon Samsungning eng uzoq qo'llab-quvvatlangan smartfoni bo'lishi mumkin. Hozircha esa kutamiz...

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив