2017-yilning eng yaxshi noutbuklari

2017-yil yakunlanib borar ekan, o'tayotgan yilda taqdim etilgan eng yaxshi noutbuklar haqida to'xtalib o'tsak.


Ushbu maqolani tayyorlayotganda ko'plab foydalanuvchilar, jumladan internetdagi turli resurslardagi fikrlarni o'rganib chiqishga to'g'ri keldi. Ya'ni natijalar ko'pchilikga yoqqanlar orasidan saralab olindi. To'g'ri, balki quyidagi ro'yhat sizning fikringiz bilan to'g'ri kelmasligi mumkin. Lekin, o'ylashimizcha ro'yhatimiz adekvatlik jihatdan ancha yuqori fikrlarga sabab bo'la oladi. Demak...

 

Eng yaxshi macOS dagi noutbuk: MacBookPro

Yangi 7-avlod Intel protsessorlari, o'ziga hos SSD disk va maxsus TouchBar ushbu qurilmani mac noutbuklari ichida yetakchiga aylantirdi. Shu boisdan ham bu noutbuk uchun alohida nominatsiya tashkil qildik.

 

O'yinlar uchun eng yaxshi noutbuk: Acer Predator Triton 700

Ushbu noutbuk 15.6 dyuymli FullHD kengaytmali ekranga, Intel Core i7-7700HQ protsessori, 32 Gb tezkor xotira, GeForce GTX 1080 grafikaga hamda RAID asosida birlashtirilgan ikkita 512 Gb hajmga ega doimiy SSD xotiraga ega. Noutbukning eng top modeli narxi 4500$ga baholanmoqda.

 

O'yinlar uchun emas eng yaxshi noutbuk: ASUS ZenBook Flip S

Umuman olganda noutbuklarda har doim ham o'yinlar o'ynalmaydi. Ko'pchilik uchun noutbuk bu ish quroli. Top komplektda ushbu noutbuk Core i7-7500U protsessorga, HD Graphics 620 grafikaga, 16 Gb tezkor xotira va 1Tb doimiy SSD xotiraga ega. Ushbu parametrlar bilan albatta montaj ishlarini ham bajarsa bo'ladi. Lekin maksimal yuklanishda noutbuk qattiq qiziydi va shovqin haddan oshiq asabga tega boshlaydi. Narx esa avvalgi o'rin egasiga nisbatan ancha yaxshi: 1300-1700$ oralig'ida.

 

Xiaomi kompaniyasi eng yaxshi noutbuki: Mi Notebook Pro

Ko'pincha turli qimmat noutbuklar haqida internet tarmog'ida fikr almashilganda, bir necha foydalanuvchilar tomonidan noutbukning qimmatligi, "undan ko'ra Xiaomi noutbuklarini xarid qilgan maqul edi" deya izohlar qoldirishadi. Mi Notebook Pro e'tiborimizni aynan shu turdagi foydalanuvchilar taklifiga binoan o'ziga tortdi desak xato bo'lmaydi. Qurilma sakkizinchi avlod Intel protsessorida ishlaydi. 2Gb tezkor xotirali GeForce MX150 grafikaga, 16 Gb tezkor va 256 Gb doimiy SSD xotiraga ega. Bundan tashqari SATA M.2 bo'sh sloti ham mavjud. U yordamida noutbukga qo'shimcha M.2 turidagi doimiy xotira o'rnatish mumkin. Bundan tashqari barcha razyomlar, ya'ni Card reader, ikkita USB Type-C, katta HDMI, ikkita USB 3.0 va 3,5mm audio mini jack slotlari mavjud. Mi Notebook Pro uch parametrda sotuvda mavjud: eng oddiysi 860$, o'rtachasi 980$ va top versiyasi 1070$.

 

Ushbu ro'yhatni davom ettirish uchun ko'plab noutbuklar mavjud. Siz ham o'z fikrlaringiz bilan ushbu yilning eng yaxshilari haqida izohlarda yozib qoldiring. O'ylashimizcha, yilning eng yaxshilarining keyingi ro'yhati yana davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив