HPdan hayratlanarli noutbuk: ZBook x2

Hewlett Packard kompaniyasi o'zining yangi ZBook x2 nomli noutbuk-transformerini taqdim etdi.


Qurilma 14 dyuymli, 3840x2160 kengaytmali ekranga, Intel Core Kaby Lake-R (Core i7-8560U) protsessori va NVIDIA Quadro M620 diskret videokartaga ega. Tezkor xotira 32 Gb, doimiy xotira esa 512 Gb SSD.

ZBook x2da ikkita kamera mavjud: asosiy 8MP, frontal esa HD kengaytma asosida. Interfeyslardan Thunderbolt 3ni qo'llaydigan ikkita USB Type-C, bitta USB Type-A 3.0, HDMI 1.4, 3.5 mm audio razyom, SD kartasi uchun slot mavjud. Qurilmaga ikkita qo'shimcha 4K displeylarni ulagan holda ishlatish mumkin.

Bundan tashqari ZBook x2 barmoq izi skaneri hamda klaviatura yoritgichlari mavjud. Tezkor quvvatlash hususiyati (30 daqiqada 0%dan 50%gacha) hamda korpusning MIL-STD 810G standarti asosida ximoyalanganligini alohida qayd etish zarur. Qo'shimchasiga qurilmada Wacom EMR texnologoyasini qo'llovchi stilusdan ham foydalanish mumkin. Ushbu texnologiya yordamida ekranga 4096 turli kuchdagi bosishni aniqlash imkoniyati mavjud.

HP ZBook x2ning narxi 1749$dan boshlanadi. Sotuvga esa shu yilning dekabr oyidan chiqishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив