Acer Predator 21 X - dunyodagi eng qimmat noutbuk

O'tgan yilning kuzida Acer kompaniyasi dunyodagi eng qimmat noutbuk sanaluvchi Acer Predator 21 X modelini taqdim etdi. Keling ushbu noutbuk haqida sizga batafsil ma'lumot bersak. Zero u sizni albatta xayratga solishi aniq.


Tashqi ko'rinish

Ushbu noutbukning tashqi ko'rinishi sizni albatta o'ziga rom etishi aniq.

Predator 21X o'lchamlari 568 x 315 x 84mm ni tashkil qiladi. Noutbik 8,8kg vaznga ega. Korpusning turli joylariad turli elementlar mavjud. Ushbu elementlarning bir qismi faqatgina ko'rinish uchungina mavjud bo'lsa, boshqalari noutbukning turli ishlash jarayonlari mobaynida qo'llaniladi.

Birinchi nazarda albatta e'tiboringiz klaviatura va ekran orasidagi katta bo'shliqqa tushishi aniq. Bu texnik kamchilik emas. Gap shundaki, Predator 21 X bukilgan ekranli dunyodagi ilk noutbukdir. Ekran kengligi 21:9.

Razyomlar masalasiga kelsak, chap tomonida ikkita USB 3.0, mikrofon va naushnik (quloqlik) uchun slot, hamda kartrider joylashgan. O'ng tomonda esa yana ikkita USB 3.0 va kensington qulfi mavjud. Orqa tomonda esa HDMI, ikkita Display Port, Thunderbolt, tarmoq porti va ikkita (!) quvvatlash razyomi mavjud.

Klaviaturaning yuqori qismida kichik oynali tirqishdan (cooler) kulerning aylanishini tomosha qilishingiz mumkin. Qo'shimchasiga antiqa rangdagi yoritish bu ko'rinishga yanada ko'proq effekt beradi.

Ushbu noutbukka qo'shimcha tarzda unga transportirovka uchun maxsus keys ham qo'shib beriladi. Bundan tashqari ikkita quvvatlash bloki (blok pitaniya), qo'l uchun maxsus podstavka hamda turli arqonchalar komplektda mavjud.

Predator 21 X mexanik klaviaturaga ega. Qo'shimcha beshta programmalash imkoniga ega tugma ham mavjud.

RGB podsvetka, ya'ni klaviatura orti yoritgichlari qo'shimcha effekt. O'ng tomonda joylashgan raqamli klaviaturani bemalol orqa tomoniga aylantirib, tachpad (touchpad)ga aylantirib, foydalanishingiz mumkin. Lekin sichqonchadek qulaylikni his qilishingiz qiyin.

 

Ekran va ovoz

Yuqorida aytib o'tganimizdek, PRedator 21 X egik, 'yani bukilgan ekranga ega. Ekran diagonali 21 dyuym, kengaytmasi 2560 x 1080 nuqta. O'yin o'ynash davomida turli ekrandagi ko'rinish uzilishlarini oldini oluvchi NVIDIA G-Sync texnologiyasiga ega. Yangilanish chastotasi 120 gigagerts, kechikish 4 millisekund. Ko'rinish qiyaligi maksimal darajada.

Bundan tashqari Predator 21 X da Tobii deb nomlanuvchi ko'z qarashingizni kuzatuvchi tizim mavjud. Ushbu qiziq texnologiya ba'zi hollarda sichqonchani o'rnini ham bosishi mumkin. Uni qo'shimcha boshqarish usuli sifatida o'yinlarda foydalanish mumkin.

Predator 21 X audio tizimi oltita ovoz dinamiklari va ikkita sabvuferdan tashkil topgan. Noutbuk gabaritini hisobga olsa, ovoz bo'yicha hech qanday muammo bo'lmasligi aniq edi. Ovoz yaxshigina baland va sifatli. Faqat parraklarning shovqini haqida esdan chiqarmaslik lozim. O'ta og'ir o'yinlar uchun quloklik sotib olgan maqul.

 

Tezkorligi

Texnik tomondan noutbuk tashqi ko'rinishiga yarasha daxshatli. Noutbukda ikkita to'laqonli NVIDIA GeForce GTX 1080 video kartasi o'rnatilgan va SLI orqali birlashtirilgan. Protsessor Intel Core i7-7820HK, 2400 MHz chastotada ishlovchi 64 Gb tezkor xotira, RAID 0 asosida birlashtirilgan to'rtta 512 Gb SSD hamda 1 Tb qattiq disk mavjud.

Bularning barchasi besh dona parraklar yordamida sovutiladi. Shundan ikkitasi video karta uchun, biri protsessorni va qolgan ikkitasi ikkita tezkor xotirauchun ajratilgan. Parraklar tezligi avtomatik rejimda ishlaydi va noutbukning holatiga qarab aylanish tezligini avtomatik o'zgartirib turadi. Lekin bu holatni ham boshqarishingiz mumkin. Maksimal aylanish tezligi daqiqasiga 5400 martta daqiqasiga.

Qiziq holat shuki, noutbukda parrak aylanish tezligi bir maromda qotib qolmaydi. Hattoki oddiygina papkani ochishingiz ham aylanish tezligi oshishiga olib keladi.

Noutbuk o'ta kuchli. Lekin ba'zilarga bu ham kamlik qilishi mumkin ekan. Shuni hisobga olgan kompaniya shaxsiy dasturiy ta'minot yordamida protsessorni razgon qilish imkoniyatini taqdim qilgan. Maksimal ish jarayonini ta'minlash uchun esa noutbukning ikkita quvvatlash tizimini bir vaqtda ishlatishingiz lozim. Har holda noutbuk batareyadan va quvvatlash tizimidan ishlaganda deyarli katta farq bilan ishlashi aniq.

 

Hotima

Darvoqe, noutbukning narxi sizni qiziqtirsa kerak. Demak, turgan bo'lsangiz o'tirib olishni, o'tirgan bo'lsangiz stulingizni va o'zingizni yaxshilab ushlab olishni tavsiya qilamiz. Acer Predator 21 X narxi - 8000$.

To'g'ri, bo'lishi mumkinmas yoki o'ta qimmatdek tuyulishi mumkin. Lekin ushbu noutbukning o'ta tezkorligi va ko'plab yuqorida yozilgan imkoniyatlari narxning aynan shu ko'rinishga kelishiga sababchi. Har holda u juda ham daxshatli. Har tomonlama, hatto narx tomondan ham...

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив