Telegramda ovozli hamda video qo'ng'iroq funksiyasi ishga tushishi mumkin

Telegram kompaniyasi asoschisi Pavel Durov dastur foydalanuvchilari savollariga javob qaytarayotganida yangi funksiyalarni tez orada ishga tushirishi haqida aytib o'tdi. 


2015-yilda ham Telegram dasturchilari bu imkoniyatlar haqida so'zlab o'tishgan edi. Lekin o'shanda yangi funksiyalarni tadbiq etish asosiy yo'nalish sifatida ko'rishmagan edi.  Lekin vaqt o'tishi bilan foydalanuvchilar va ularning talablari o'zgarib bormoqda. Hozirda ko'plab messenjerlar ovozli va video qo'ng'iroqlarni amalga oshirish funksiyalarini o'zlarida joriy qilishgan (Facebook Messenger, WhatsApp va boshqalar).

Ma'lumotlarga ko'ra, Beta testerlardan biri yangi versiyalardan birini o'rganish jarayonida ovozli qo'ng'iroqni amalga oshirish imkonini beruvchi berkitilgan funksiyani aniqlagan. Bundan ko'rinib turibdiki, bu yo'nalishdagi ishlar jadal olib borilmoqda va biz tez orada Telegram orqali turli qo'ng'iroqlarni amalga oshirishimiz mumkin bo'ladi

Izohlar

  1. Javlonbek 10 октября 2017 14:24

    Salom. NOmerdan telegramni qanday o`chirib yuborsa bo`ladi.Javob uchun oldindan raxmat. Kutaman.

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив