Galaxy Unpacked: aqlli soat, fitnes braslet va quloqlik

Kuni kecha Samsung kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan Galaxy Unpacked prezentatsiyasida nafaqat yangi smartfon, balki bir nechta yangi aksessuarlarni taqdimotini o'tkazdi.


Galaxy Watch Active

Kutganimizdek, Samsung o'zining smart-soatlarining yangi versiyasini taqdim qildi. Ushbu yangi smart-soatlarning nomi Galaxy Watch Active deya nomlandi.

Birinchi navbatda hozirgi modellardan dizayn tomonlama farqi ko'zga yaqqol tashlanadi. Qurilma aylana bezeldan voz kechgan. Darvoqe bezel aynan firmenniy fishka sifatida baholanar edi. Yangi versiyada faqatgina yon tomondagi tugmalar qolgan holos. Shu hisobdan soatlar ixchamroq va yengilroq bo'ldi. Ekran ham shunga yarasha biroz kichraydi - 1.1" (360x360 kengaytma).

Remeshok o'lchami 20mm, akkumulyator sig'imi 230mAh, 768Mb operativ xotira hamda 4Gb doimiy xotiraga ega. Bundan tashqari Bluetooth 4.2, Wi-Fi, NFC, GPS, yurak ritmi datchigi mavjud. Namlikdan himoya ham bor (5 ATM + IP68 / MIL-STD-810G). Soat Tizen 4.0 operatsion tizimida ishlaydi.

Soat yangi funksiyalar bilan maqtana oladi. Birinchidan soat qon tomir bosimini o'lchay oladi. Ikkinchidan olti turdagi sport turini avtomatik tarzda aniqlay oladi. Qo'shimchasiga foydalanuvchilar uchun yangi va chiroyli siferblatlar ham mavjud. Galaxy Watch Active soati 199$ boshlang'ich narxda sotilishi kutilmoqda.

 

Galaxy Fit/Fit e

Yana bir yangilanish Galaxy Fit fitnes trekerida ham bo'lib o'tdi. Qurilmaning ikki versiyasi mavjud. Katta versiya 0.95" AMOLED ekranga ega. Asosiy funksiyalari: qon-tomir bosimini o'lchashi, akselerometr va giroskop. Akkumulyator sig'imi 120mAh. Braslet namlikdan himoyalangan (5 ATM). Fitnes treker aktivlikni nazorat qilishda yordam beradi.

Galaxy Fit e modeli esa 0.74" PMOLED ekranga ega. Bunda ham qon-tomir bosimini o'lchash, akselerometr va namlikdan himoya mavjud.

Galaxy Fit 99$ va Galaxy Fit e esa 45$ dan sotilishi kutilmoqda.

 

Galaxy Buds

Galaxy Buds simsiz quloqliklarning yangi avlodi AKG kompaniyasi injenerlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. SVC, AAC va Scalable audio kodeklarini qo'llaydi. Samsung ushbu quloqliklarning avtonom ishlash vaqtini yaxshiladi va endilikda Buds 6 soat davomida to'xtamasdan ishlay oladi.

Har bir quloqlik 4.9gramm vaznga ega. Ular smartfon bilan Bluetooth 5.0 orqali ulanadi. Quloqliklarning akkumulyator sig'imi 58mAh, quvvatlovchi keysda esa 252mAh. Darvoqe, keys ham simsuz quvvat olish imkoniga ega bo'ldi va Galaxy S10 smartfonidan quvvat olishi ham mumkin. Sim orqali quvvat olish uchun keysda USB-C porti mavjud. Qo'shimcha sifatida Bixby ovoz asistenti bilan ishlay oladi.

Galaxy Buds uch rangda ishlab chiqariladi: qora, oq va sariq. Quloqliklarning boshlang'ich narxi 149$ deya baholanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив