Microsoft Surface Book 2ni taqdim etdi

Microsoft kompaniyasi o'zining ikkinchi avlod portativ kompyuterlari - Surface Bookni taqdim etdi.


Qurilmalar bozorga ikki turda: 13.5 va 15 dyuym o'lchamli displey bilan jihozlangan holda sotuvga chiqadi. Kichik modelda ikki yadroli Intel Core i5-7300U yoki to'rt yadroli Core i7-8650U protsessori asosida ishlaydi. Katta model esa faqatgina Core i7 protsessorli variantda bo'ladi.

Surface Book 2ning Core i7 protsessorli variantlarida qo'shimcha tarzda NVIDIA Geforce 10-seriyadagi diskret video kartalar bilan jihozlanadi (13.5 dyuymli modellar NVIDIA Geforce GTX 1050 (2 Gb), 15 dyuymligi esa GTX 1060 (6 Gb)).

Kichik model ekrani 3000x2000 piksel, kattasi esa 3240x2160 pikselga ega bo'ladi. Avvalgi avloddagi kabi ushbu avlodda ham qurilmalardan planshet sifatida, ya'ni klaviaturani ekrandan ajratib ishlatish mumkin.

Noutbuklarda 8 yoki 16Gb operativ xotira o'rnatilishi mumkin. Doimiy xotira hajmi esa 256Gb, 512Gb yoki 1Tb SSD disklarda bo'lishi mumkin. Bundan tashqari foydalanuvchi uchun Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth 4.1, frontal 5 MP va va 8 MP asosiy kamera, ikki karnaydan iborat Dolby Auido Premium ovoz tizimi, 3,5mm jack, USB 3.1 (Gen1) Type-A ikkita porti, bitta USB Type-C porti, SD rider hamda yoritgichli klaviatura hizmat ko'rsatadi. ham ishlatish uchun mavjud. Ishlab chiqaruvchi ning takidlashicha, Surface Book 2 17-soat mobaynida to'xtovsiz video ko'rish imkonini beradi. Klaviaturasiz esa bu ko'rsatgich bor yo'g'i 5 soatga yetadi.

Surface Book 2 noutbuklarini Microsoftning onlayn-internet do'konidan 16-dekabrdan boshlab sotib olishingiz mumkin bo'ladi. 13.5 dyum modellari 1500$, 15 dyuymli esa 2000$ narx bilan sotilishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив