Telegramda video xabarlar paydo bo'ladi

Ommabop bo'lgan Telegram messenjerida qo'ng'iroq qilish imkoniyati paydo bo'lganiga u qadar ko'p bo'lgani yo'q. Ko'pchilik yangi funksiyani to'liq tekshirib ulgurmasidanoq, yangi beta versiyada video xabarlar yuborish imkoniyati taqdim etilmoqda.


Android smartfonlar uchun mo'ljallangan beta versiyada qisqa video xabarlarni yuborish imkoniyati paydo bo'lgani ko'pchilik mutahassislar uchun qiziqarli yangilik sifatida baholanmoqda.

Hozirda ushbu yangi imkoniyat qachon yakuniy relizdan joy olishi oshkor etilmadi.

Eslatib o'tamiz, mart oyida ommaga taqdim etilgan peer-to-peer orqali bog'lanish mumkin bo'lgan qo'ng'iroqlar funksiyasini taqdim etgandi. Ovoz sifati va tezkorligi jihatdan ushbu funksiya boshqa raqobatchilarnikidan anchagina ajralib turadi.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив