MWC-2017: Samsungdan yangi qurilmalar

Ochig'i bu yil MWC-2017 xalqaro ko'rgazmasida Samsung kutilmagan o'zgarishga qo'l urdi. Kompaniya ko'rgazmaga bir dona ham smartfon olib kelgani yo'q. Asosiy e'tibor planshetlarga qaratildi.


Galaxy Tab S3: Ushbu planshet 9,7 dyuym Super AMOLED ekranga ega. 13 MP asosiy va 5 MP frontal kamera, Qualcomm Snapdragon 820 protsessori. 4 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotiraga ega. 256 Gb gacha bo'lgan microSD kartalarini ham ishlatish mumkin. Planshet batareyasi quvvati 6000 mAh ga teb. Tezkor Fast Charging quvvatlash tizimi ham mavjud.

Aloqa borasida: Wi-Fi (802.11ac), Bluetooth 4.2, GPS yoki GLONASS, LTE mavjud. Bundan tashqari barmoq skaneri hamda USB Type-C bor. Galaxy Tab S3 Android 7.0 Nougat tizimida faoliyat ko'rsatadi. AKG by Harman sertifikatsiyasi asosida 4ta ovoz karnaylari ham mavjud.

Planshet narxi: oddiy Wi-Fi bilan jihozlangani 680 yevro, LTE varianti esa 770 yevro.

 

 

Galaxy Book 10 va 12: Ushbu planshetlar haqida eng avvalo ularni Windows 10 da ishlashi alohida ko'rsatib o'tishimiz mumkin. Ekran Super AMOLED.

Samsung Galaxy Book 10.6: protsessor Intel Core i3m, 64 yoki 128 Gb ichki xotira, microSD kartasi yordamida kengaytirish imkoni, 4Gb tezkor xotira, FullHD da suratga oluvchi 5 MP kamera.

Samsung Galaxy Book 12: protsessor Intel Core i5m, 128 yoki 256 Gb SSD ichki xotira, microSD kartasi yordamida kengaytirish imkoni, 4Gb yoki 8Gb tezkor xotira, asosiy 13MP va frontal 5 MP kamera.

 

Ikkala qurilma USB Type-C, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth 4.2, LTE va GPS mavjud. Ha aytgancha, planshetlar maxsus firma klaviaturasi va o'ziga hos stilus bilan jihozlangan. Narx borasida xozircha ma'lumotlar yo'q.

 

Planshetlardan tashqari Samsung o'zining Gear VR shlemining yangi versiyasini taqdim etdi. Gadjet simsiz Oculus kontrolerga ega. Ushbu kontrolerda sensor panel hamda "bosh sahifa", "ortga qaytish" va "ovozni o'zgartirish" tugmalari mavjud. Ushbu shlem Galaxy S7, S7 Edge, Note 5, S6 Edge+, S6 va S6 Edge smartfonlari bilan ishlay oladi.Shlem micro-USB va USB Type-C interfeyslarini qo'llab quvvatlaydi. Shlem shu yilning ikkinchi choragida sotuvga 130 yevro narx bilan chiqarilishi kutilmoqda. Kontrolerning o'zi deyarli 100 yevroga baholanmoqda.

 

Ha aytgancha, Samsung kompaniyasi Samsung Galaxy S8 smartfonlarini 29-mart sanasida Germaniyada bo'lib o'tuvchi maxsus ko'rgazmada taqdimot o'tkazishini rasmiy ravishda e'lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив