Yil avvalida Telegram messenjeri smartfonlar uchun eng ko'p yuklanuvchi dasturlar ro'yhatida birinchilikni TikTokdan tortib oldi. 1 oyda Telegramni 63 million, TikTokni esa 62 million marota smartfonlarga o'rnatishgan.
Ushbu fonda telegramning ba'zi bir qulay va foydali funksiyalariga to'xtalib o'tamiz. Ushbu funksiyalarning ko'pini ko'pchilik bilmasligi mumkin. Lekin siz Telegramning ashaddiy foydalanuvchisi bo'lsangiz, u holda ushbu ro'yhatdan siz uchun yangilik bo'lishi bir oz mushkul. Demak boshladik:
1. Shpion-o'quvchi
Ushbu imkoniyat yordamida siz yuborilgan xabarni o'qiganingiz haqida yuboruvchi ma'lumotga ega bo'lmaydi. Bu uchun yuboruvchi bilan bo'lgan chatga kirmagan xolda chatni bosib turishingiz lozim (Android smartfonlarida chat avatarini). Yuqorida esa siz so'nggi xabarlarni muammosiz o'qish imkoniga ega bo'lasiz. Avvallari esa bu imkoniyatni amalga oshirish uchun, avval internetga kirish, kerakli xabar yoki chat yuklanganidan so'ng, internetni o'chirish, xabarni o'qish, telegramni esa smartfon sozlamalari orqali to'xtatishga to'g'ri kelar edi.
2. To'liq yoki qisman belgilash, nusxa olish
Buni qarangki, Telegramda yuborilgan xabarda faqatgina kerakli qismini belgilab, nusxa olish imkoniyati mavjud ekan. Bu uchun kerakli xabarga bosishingiz, so'ngra yana bir karra uzoq muddat ushbu xabarni bosib turishingiz lozim. Shundan so'ng ekranda faqat matnni kerakli qismini belgilash uchun maxsus belgilar paydo bo'ladi.
3. So'nggi aktiv xolat ma'lumoti
Qadim zamonlarda Mail.ru Agent yoki ICQ messenjerlarida bemalol hozirda nima bilan bandligingiz haqida statusni sozlash imkoniyatlari mavjud edi. Bunday imkoniyat telegramda mavjud bo'lmasada, lekin so'nggi aktiv bo'lgan vaqtingiz haqida ma'lumotlarni boshqarish imkoniyat mavjud. Bunday ma'lumotni barcha bilan bo'lishishni istamaydiganlar uchun esa Telegramda Sozlamalar (Настройки) - Maxfiylik (Конфиденциальность) - So'nggi aktivlik (Последняя активность) menyusiga kirib, kerakli o'zgartirishlarni amalga oshirish kifoya.
4. Guruhlash yoki maxsus papkalar
Telegramning aktiv ishtirokchilari ushbu imkoniyatdan boxabarlar. Lekin ko'pchilikning telegramiga nazar tashlaganimda, afsuski hamma xam bunday chatlarni guruhlash imkoniyatidan boxabar emasligiga guvoh bo'lganman. Guruhlash sizda mazmunan o'xshash yoki kerakli chatlarni bir papkada jamlash imkoniyatini beradi. O'z navbatida kerakli ma'lumot yoki ishtirokchilar guruhini tezkor topish imkoniyatini beradi.
5. Bulutli telegram
Ushbu imkoniyat sizga eng muhim xabar, ma'lumot, rasm yoki fayllarni bir joyda jamlash imkoniyatini beradi. Shu sababli ham uning nomi Sevimlilar (Избранное) deya atalmagan. Shaxsan o'zim ushbu imkoniyatni bulutli tizim sifatida ishlataman. Kerakli faylni yuklayman va boshqa manzil yoki qurilma, kompyuterda yuklab, fayldan foydalanishda davom etaman.
6. Yodga solish
Ushbu imkoniyat yordamida siz kerakli chatda, ayniqsa yuqorida tilga olingan Sevimlilar chatida kerakli eslatma matnni kiritasiz va yuborish tugmasini bosib turasiz. Shundan so'ng vaqtni tanlash imkoniyati paydo bo'ladi. Kerakli vaqtni tanlaganingizdan so'ng, tanlangan vaqtda telegram sizga kerarkli eslatmani taqdim etadi. Ushbu imkoniyat kalendar va shunga o'xshash qo'shimcha dasturlarga murojatni kamaytiradi.
7. Mening fotogalereyam
Albatta avatar uchun yuklangan suratlaringizni barchaga ko'z-ko'z qilish unchalik xam qiyin ish emas. Suratlarni avatarga yuklayverasiz. Eng so'nggisi esa asosiy bo'lib qoladi.
8. Geopozitsiya
Ushbu imkoniyat haqida to'xtalishimga sabablardan biri, bu ko'pchilik u haqida bilib, lekin deyarli foydalanmasliklarida. O'zinginz o'ylang, axir telegramdan ayni damda turgan joyingiz xaritasini kerakli insonlarga yuborishingiz va ularga sizni tezkor topishda yordam berishingiz mumkinku. Afsuski hamma xam bunday o'ylamaydi va ko'pincha qadimiy usul, qo'ng'iroq qilib, bir necha daqiqalar davomida o'zining qayerdaligini tushuntirish bilan ovora bo'ladilar.
9. Xayr WhatsApp
Ushbu imkoniyat WhatsApp messenjeridan voz kechib, telegramga o'tishni rejalashtirganlar uchun ayni muddao. U yordamida WhatsAppdagi barcha xabar va multimedia fayllarini telegramga ko'chirib o'tkazishingiz mumkin.
10. Birga zerikamiz
Antiq va qizqarli kichik imkoniyat guruh yoki chatga animatsiyalangan kubikni uloqtirish imkonini beradi. U yordamida zerikishni chetlab o'tamiz. Bundan tashqari ba'zida navbatni aniqlash uchun ham o'yin shaklida ishtirokchilarga yordam beradi.
11. va boshqalar...
Bu yerda esa telegramning boshqa kichik imkoniyalari haqida to'xtalib o'tamiz:
- Telegramni parol yordamida ximoyalash mumkin
- Ovozli xabar yuborish uchun, kerakli chatga kirib, smartfonni qulog'ingizga tutishning o'zi kifoya
- Ba'zida Shovqinli joyda suxbatdoshingiz sizga ovozli xabar yuborishi mumkin. O'z-o'zidan shovqinda xabarni yaxshi eshita olmaysiz. Bunda esa sizga ovozli xabarni matnga aylantirib beruvchi botlar yordam beradi. Voicy, VoiceMsgBot, TTSUZbot suhlar jumlasidan
- Keyinchalik o'chib ketadigan foto va boshqa kontentlarni yuborishingiz mumkin
- Yuborilgan videoning kerakli vaqti uchun maxsus belgi bilan suxbatdoshingizga yuborishingiz mumkin. Bunda suxbatdoshingiz videoni aynan o'sha belgi qo'yilgan vaqtidan boshlab ko'rishni boshlaydi
- Xabarni darxol yuborishingiz yoki faqat ko'rsatilgan vaqtdagina yuborishni sozlashingiz mumkin
- Telegramga bog'langan raqamingizni hech qanday yo'qotishlarsiz boshqa raqamingizga o'tkazishingiz mumkin
- Xar doim xeshteglardan foydalaning. Ular yordamida kerakli ma'lumotni izlash birmuncha qulay.
- Maxfiy chatlar xaqida ham unutmang.
Telegram allaqachon oddiy messenjerdan ko'ra, universal gigant vositaga aylanib ulgurgan. Shunday ekan, ushbu gigant vositani barcha imkoniyatlaridan to'liq foydalanishimiz kerak. Darvoqe, siz telegramning qaysi imkoniyatlaridan ko'proq foydalanasiz? Bu haqida izohingizni yozib qoldiring.
Izohlar