Huawei kompaniyasi o'z noutbuklaridan birini yangiladi

Yakunlanib borayotgan yilning so'nggi kunlarida Huawei kompaniyasi o'zining noutbuklar modelidan birini yangilashga qaror qildi.


MateBook D (2018) noutbuki tashqi ko'rinishdan avvalgisining o'zi. O'zgarishlar faqatgina texnik ko'rsatgichlarni o'z ichiga qamrab olgan. MateBook D korpusi metaldan ishlangan bo'lib, 15.6 dyuymli, FullHD (1920x1080 nuqta) displeyga ega. Xaridorlarga ikki turdagi protsessor Intel Core i5-8250U yoki Core i7-8550U o'rnatilgan variantlardan birini tanlash imkoniyati mavjud. Grafikaga esa NVIDIA MX150 video kartasi javob beradi.

Noutbukning tezkor xotirasi 8Gb, doimiy xotirasi esa 256 Gb SSD yoki 128Gb SSD va 1Tb HDD bog'lamali variantlari mavjud. 43.3Vt sig'imli akkumulyator 10 soat to'liq ish faoliyatini ta'minlay olishi kerak. Bundan tashqari foydalanuvchilar uchun Dolby akkustik tizimi, ikkita USB Type-C, USB 2.0 va HDMI portlari noutbuk bilan ishlashda birmuncha yengillikni yaratadi. Noutbuk Windows 10 tizimida ishlaydi.

Xitoyda Huawei MateBook D oddiy varianti 800$, to'liq komplektatsiyali versiyasi esa 1200$ narx bilan sotuvga chiqdi.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив