GIGABYTEdan ikki o'ta kuchli video karta bilan jihozlangan yangi noutbuk

Gigabyte kompaniyasi geymerlar uchun maxsus daxshatli noutbukni taqdim etdi.


Noutbukda 17.3 dyuymli ekranga ega. Foydalanuvchilar, aniqrog'i geymerlar IPS matritsali UHD (3840x2160 nuqta) kengaytmaga ega yoki 100% Adobe RGB va QHD (2560x1440 piksel) displeyli variantlardan birini tanlab olishlari mumkin. Darvoqe, ekranning yangilanish chastotasi 120 Hz, javob berish tezligi 5ms ga teng.

Aorus X9da Intel Core i7-7820HK protsessori o'rnatilgan bo'lib, kamida 2.9 GHz chastotada ishlaydi. Bundan tashqari protsessorni razgon (kuchaytirish) qilish natijasida ishlash chastotasini 3.9 GHz gacha ko'tarish mumkin. Eng muhimi, ushbu noutbukda GDDR5 turidagi 8Gb tezkor xotiraga ega NVIDIA GeForce GTX 1070 videokartasidan bir emas ikkita o'rnatilgan. Ishlab chiqaruvchining takidlashicha, ushbu noutbuk, aynan yuqorida aytib o'tilgan ikki videokartaga ega noutbuklar ichida eng ixchami ekan. Korpus eng yubqa qismi qalinligi 23.5mm, eng semiz joyi esa 29.9mm.

Turli komplektatsiyalarda tezkor xotira xajmi ham turlicha bo'lib, eng katta tezkor xorita xajmi 64Gb. Doimiy xotira esa uchta bo'lib, ikkitasi PCI-E Gen 3 NVMe SSD, bittasi esa oddiygina 2Tb xajmga ega HDD.

Noutbukda Thunderbolt 3, USB 3.1 Type-C, uchta USB 3.0 Type-A, MiniDisplayPort 1.3, HDMI 2.0 portlari mavjud. Qurilmada Killer DoubleShot Pro funksiyasi mavjud bo'lib, u yordamida Ethernet hamda Wi-Fi signallarini birlashtirgan holatda tarmoq tezkorligini maksimal tarzda oshirish mumkin. Bundan tashqari Aorus X9 da mexanik klaviatura o'rnatilgan bo'lib, quyi qismida turli ranglarni akslantiruvchi yoritgichlari mavjud. Audio tizim ikki karnay va ikki sabvufer, hamda sakkizta sovutish trubkalari va to'rtta ventilyatorlardan iborat.

Ana endi nima uchun ushbu noutbukni aynan geymerlar uchunligini so'nggi tasdig'i sifatida narxini keltirib o'tsak. Aorus X9 boshlang'ich narxi 1750$dan boshlanadi. Bunday narxlar oddiy foydalanuvchini infarkt qilishi aniq.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив