Keyingi Androidning nomi va imkoniyatlari qanday bo'ladi?

Hozircha yangi imkoniyatlar haqida Google rasman xech qanday ma'lumot bermasada, lekin ba'zi ma'lumotlar asta sekin oshkor bo'lmoqda.


Yaqindagina Google kompaniyasi Oreo bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishga va Oreo Dunk Challange marketing kompaniyasida ishtirok etishga ham ulgurdi. Ko'rinib turibdiki Googlening keyingi Android O tizimi mashshur pechenye nomiga Oreo deb nomlanishi shubhasiz.

Bundan tashqari ba'zi mish-mishlarga ko'ra yangi tizimda bir necha yangi imkoniyatlar paydo bo'lishi aytib o'tildi. Jumladan ekran blok holatida qo'l harakatlari yordamida turli dasturlarni ishga tushirish mumkin. Ya'ni Kontaktga kirish uchun, ekranda K harfini yozishning o'zi kifoya.

Yana bir qiziqarli imkoniyatlardan biri "Copy Less" deb nomlanadi. "Copy Less" yordamida ba'zi matnlarni avtomatik ravishda xotiraga olish mumkin va suxbat davomida mavzuga monand so'zlar uchraganda tizim kerakli matnni xotiradan variant sifatida taqdim etadi.

Bu hali hammasi emas. Zero Google bir necha yangi imkoniyatlarni sir saqlashidan, hali ko'p qoil qolishimiz aniq. Bizni kuzatib boring.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив