ACERdan o'yin uchun yangi noutbuk va daxshatli monitorlar

Acer kompaniyasi yurtimizda taniqli kompaniya desak hato bo'lmaydi. Zero ushbu kompaniyaning noutbuk va boshqa qurilmalari bizda anchagina ommabop. Aynan ushbu kompaniya CES 2017 ko'rgazmasida geymerlar uchun bir nechta yangi qurilmalarini taqdim etdi.


Predator 17 X

Ushbu noutbukning yangi versiyasida 7-avlod Intel Core i7-7820HK protsessori o'rnatilgan.

Maxsus tezlashtirish (razgon)dan so'ng ushbu protsessor chastotasi 4,3GHz (gigagerts)ni tashkil qiladi. Bunday kuchli protsessor sizning noutbukingizni yaqin 3-4 yil ichida kuchsizlar qatoriga tushib qolmasligini ta'minlaydi. Bundan tashqari 3ta kulerlik sovutish tizimi qizib ketish tushunchasini butunlay esdan chiqarishingizga imkon yaratadi.

Grafik adapterga to'xtalsak. Avvalgi avloddagi GTX 980 o'rniga Predator 17X da to'laqonli GTX 1080 video kartasi o'rnatilgan. 8Gb tezkor hotirasi bor bunday video karta uchun har qanday kuchli grafik o'yinlarni bemalol ko'tara oladi. Darvoqe, kuchaytirish (razgon)ni xush ko'ruvchilar ushbu video karta video xotirani ham 5.4GHz gacha tezlashtirish mumkin.

Xaridorlar didiga mos tarzda ushbu noutbukning turli ekran o'lchamli modellari mavjud. 17 dyuymli IPS matritsa va 1920x1080 ekran kengaytmasiga ega hamda G-SYNC qo'llovchi. Yoki ekran kengaytmasi 3840x2160 bo'lgan variantlar grafik ishlarga ko'proq to'ri keladi.

Predator o'yin noutbuklarining shaxsan men uchun eng yoqimli tarafidan biri, bu DDR4-2400 turidagi operativ xotira (ram) uchun 4ta slotning mavjudligi. Bunday imkoniyat bilan operativ xotirani bemalol 64Gb gacha oshirishingiz mumkin. Doimiy xotira uchun esa NVMe PCIe SSD yoki RAID 0 asosida birlashtirilgan uchta SSD disklar xizmatingizda.

Kimga qanday bilmadim-ku, lekin bunday o'yinbop noutbuklar ko'pchilikga maqul kelishi aniq. Har holda narxini hisobga olmasa. Darvoqe Predator 17 X noutbuklarining boshlang'ich narxi €2999 yevro.

 

Acer Predator Z301CT

Acer ning yana bir qiziqarli maxsulotlaridan biri bu - monitor qarshisida o'tirgan insonning qarashlarini kuzatuvchi 30 dyuymlik egik monitoridir.

Monitor korpusida bir necha Tobii kompaniyasi sensorlari o'rnatilgan bo'lib, ushbu sensorlar ko'zlaringiz harakatini kuzatadi va shunga monand ekrandagi tasvir rakursini sizga moslashtirib boradi. Bunday imkoniyat turli o'yinlarda aniqroq mo'ljal olish imkonini yaratadi.

Bunday imkoniyatni 45ga yaqin o'yinlar qo'llab quvvatlaydi. Masalan Deus Ex: Mankind Divided yoki Watch Dogs 2. Tasvir rakursi foydalanuvchi ekranning qaysi qismiga qarashiga qarab o'zgaradi.

Ekranda 2560x1080 nuqtaga ega egik juda keng matritsadan foydalanilgan. Bu esa yuqori chastotali yangilash (obnovleniya (200Hz))ni ta'minlaydi hamda 4 ms (millisekund)da javob (otklik) olish imkonini beradi.

Monitorning podstavkasi juda ham qulay. U yordamida siz monitorni o'zingizga maqul balandlik va qiyalikda moslashingiz mumkin. Bundan tashqari monitorda ikkita stereo dinamik va USB hab (hub) mavjud. Bunday bonuslar esa hech qachon ortiqcha bo'lmagan. Acer Predator Z301CT monitori fevral oyida €899 yevrodan sotila boshlanadi.

 

Predator XB2

Innovatsiya tomonidan bir oz sodda va hamyonbop bo'lgan yana bir monitor Predator XB2 deya nomlangan. 24,5 va 27 dyuymlik variantlarda taqdim etiluvchi monitor sizni befarq qoldirmaydi

Monitor yangilanish (obnovleniya) chastotasi 240Hz (gerts) bo'lgan Full HD matritsaga ega. Demakki har qanday o'yinlar uchun maqul yechim. Qo'shimchasiga ushbu monitor NVIDIA ULMB texnologiyasini qo'llaydi va foydalanuvchi harakatiga tezkor reaksiya (1millisekund), ya'ni javob beradi.

Monitor kompaniyaning ZeroFram ramkasiz texnologiyasi asosida yaratilgan bo'lib, bu turdagi bir necha monitorni yonma-yon qo'yishda qulaylik yaratadi. Predator Z301CT nikidan qolishmaydigan podstavkaga ega monitorni bemalol o'zingizga qulay ko'rinishga keltirish mumkin.

Monitor konstruksiyasi uni har qanday qiyalikda va xoxlagan yeringizga o'rnatish imkonini beradi. Razyomlardan HDMI, DisplayPort (ver 1.2) va USB konsentratorlarning mavjudligi ushbu monitor imkoniyatini yanada kengaytiradi.

Fevral olyida sotuvga chiqishi kutilayotgan monitorni ekran o'lchamiga qarab €599 yevro yoki €699 yevrodan boshlab sotib olishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив